To‘q tutishga yordam beruvchi mahsulotlar

Sog'lom ovqatlanish organizmning o'sishi, me'yoriy rivojlanishi va hayot kechirishi, salomatligini mustahkamlovchi hamda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiruvchi sog'lom turmush tarzining eng asosiy omillaridan biridir.

2072687
To‘q tutishga yordam beruvchi mahsulotlar

 

Parhez qilishda eng muhim narsa me'yorida ovqatlanishdir. Qadimgi ovqatlanish odatlari bu vaziyatni qiyinlashtiradi. Ushbu muammoni bartaraf etishning eng oson yo'li - parhez davomida sizni to'q tutadigan ovqatlarni iste'mol qilishdir.

To'q tutadigan oziq-ovqatlar dieta dasturlarida ham ajralmas hisoblanadi. Parhez paytida bu oziq-ovqatlarni iste'mol qilish odamni to'q tutadi. Ba'zi ovqatlar oz miqdorda iste'mol qilingan taqdirda ham sizni to'q tutgan holda vazn yo’qotishni osonlashtiradi.

Oziqlanish dasturiga quyidagi oziq-ovqatlarni kiritish ovqatlanish oralig'ida ochlik hissi paydo bo'lishini oldini olishda samarali:

  • Tuxum

Tuxum tarkibida organizmning o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqarishga imkoni bo‘lmagan aminokislotalar mavjud. U hazm bo‘lgandan so‘ng, aminokislotalar ichaklardagi ochlik hissi uchun javob beradigan gormonlar ajralib chiqishini ta’minlaydi. 

  • Don mahsulotlari

Qo'ng'ir guruch, bug'doy noni va bug'doy makaron kabi mahsulotlar vaznni nazorat qilish va sog'lom vaznni saqlash bilan bog'liq. Ushbu mahsulotlar insonni to’q tutadi.

  • Sho’rva

Sho‘rvaning suvi ko‘p bo‘lgani uchun kaloriyasi kam bo‘lsa ham to‘qlik hissini uyg‘otish xususiyatiga ega. Dukkaklilardan qilingan sho‘rva tarkibidagi ozuqa tolalari ajoyib energiya manbai hisoblanadi.

  • Yong’oq

Yong'oq – insonni to’q tutishga yordam beradigan ajoyib gazak varianti. Bu uchta to'yinganlikni kuchaytiruvchining yaxshi manbalari; oqsillar, tolalar va sog'lom yog'lar. Ularning sog'liq uchun foydalaridan maksimal darajada foydalanish uchun qovurilmagan va xom yong'oqlarni tanlashga harakat qiling.

  • Yog’siz go’sht

Go'sht, tovuq, kurka va baliqda ko'p miqdorda oqsillar mavjud bo’lib, u insonni uzoq vaqt to'q tutadi. Bu to'yinganlik gormonlarga ta'sir qiladi. Kam yog'li go'sht, tovuq go’shti va baliq tarkibida yuqori protein mavjud bo'lib, sizni uzoqroq to'q tutishga yordam beradi.

  • Kartoshka

Kartoshka ochlikni jilovlaydigan eng kuchli mahsulotlardan biri hisoblanadi. Qo‘rda pishirilgan kartoshka tarkibi uglevodlar, vitaminlar, kletchatkalar va boshqa ozuqaviy moddalarga boy bo‘lgani uchun eng katta ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqatlar reytingida birinchi o‘rinda turadi.

  • Dukkakli mahsulotlar

No'xat, loviya, yasmiq kabi o'simlik oqsillari manbalari to'yinganlikni ta'minlash uchun kuchli parhez mahsulotlaridir. Ular tola va oqsilning boy manbalari hisoblanadi. Shu bilan birga, kraxmalning chidamliligi tufayli ular shakarning boshqa uglevodlarga qaraganda sekinroq qon aylanishiga kirishiga yordam beradi.

  • Yashil bargli va oltingugurtli sabzavotlar

Ayniqsa, ismaloq, roka, petrushka kabi yashil bargli sabzavotlar, karam va brokkoli kabi sabzavotlar tolaga boy hisoblanadi. Hajmi katta lekin, kaloriyasi oz bo’lgan bu sabzavotlar vazn yo'qotish va to'q his qilishga erishish uchun eng muhim oziq moddalardir. 

  • Ananas, olma va apelsin

Mevalarda ko'p miqdorda suv va tola bo'lganligi sababli, ular bir xil kaloriyali meva sharbati yoki shirinliklarga qaraganda oshqozonda ko'proq joy egallaydi va to'qlik hissi paydo bo'lishiga yordam beradi. Ayniqsa, ananas, olma va apelsin yuqori pulpa va suv tarkibiga va to'yinganlik ko'rsatkichlariga ega. Olma tarkibidagi pektin tabiiy ravishda ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi va to‘yish hissini keltirib chiqaradi. Tushlikdan keyin yeyilgan olma organizmga yakunlovchi murakkab shakar, vitaminlarni beradi va uzoq vaqtgacha to‘qlik hissini saqlab qolishga yordam beradi.

  • Yogurt

Mazali va qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega bo‘lgan yogurtni nafaqat o‘zini, balki yong‘oq, asal va mevalar bilan ham qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Yogurtda ochlik hissini bartaraf etadigan, shuningdek, metabolizmni jadallashtirib, to‘q bo‘lishni ta’minlaydigan oqsillar mo‘l bo‘ladi..

  • Avokado

Nonushta uchun masalliqlar deganda aqlga kelgan birinchi mahsulotlardan biri avakadodir. U  ozuqaviy moddalarga boy mahsulotdir. U sog'lom yog'larga boy bo’lib, tolaning eng yaxshi manbai hisoblanadi. 

  • Grechka, kinoa, bulg’ur

Grechka, kinoa va bulg'ur kabi mahsulotlar ham tolaga boy bo’lib, u boshqa donlarga qaraganda ko'proq proteinga ega. Bu mahsulotlar tarkibidagi tolalar tufayli ichaklarda ishtahani bostiruvchi gormonlarni faollashtirishga yordam beradi. 

  • Pishloq

Tvorog pishlog'i yog'li, lekin kaloriyasi past bo’lgan pishloq turidir. U proteinga boyhisoblanadi. Kaltsiyning muhim manbai bo'lgan tvorog pishlog’i, oqsil miqdori yuqori bo'lganligi tufayli sizni uzoqroq to'q tutadi va vaznni nazorat qilishga yordam beradi..

  • Suli yormasi

Suli yormasi tarkibida xolesterinni kamaytirish uchun hissa qo’shadigan elementlar mavjud.  Unda shuningdek, salomatlik uchun foydali kletchatkalar miqdori juda yuqori. Shu sababli undan tayyorlangan bo‘tqa bilan nonushta qilish tavsiya qilinadi.

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #parhez

Aloqador xabarlar