TRT tarixi

Tarixcha

 

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) 1964-yilning 1-mayi kuni davlat nomidan radio va teledasturlar namoyish etish maqsadida yuridik shaxsga maxsus qonun asosida tashkil topdi. 1972-yildagi konstitutsiyaviy o'zgarishlar ortidan tashkilot “betaraf” davlat iqtisodiy tashkiloti deb belgilandi.

 

Turkiyada 1982-yili qabul qilingan konstitutsiya qoidalariga muvofiq 1984-yili Turkiya Radio va televideniye qonuni qayta ishlab chiqildi. 1986-yildan boshlab sun’iy yo’ldosh orqali efirga uzatilgan ko’rsatuvlari bilan xususiy televideniye stansiyalarining Turkiyaga kirib kelishi bilan TRTning 1990-yilgacha davom etgan teledasturlari ustidagi yakkahokimlik bartaraf bo’ldi.

 

Konstitutsiyaning 133-moddasining 1993-yili o’zgartirilishi bilan xususiy radio va teledasturlar uchun ruxsat berilar ekan TRTning avtonomligi takror ta’sis etildi. TRT bugungi kunda avtonomligi va betarafligi konstitutsiyada hukmga bog’langan, radio va televideniye bilan barcha ommaviy axborot vositalari orqali ma’lumot tarqatgan davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi ommaviy axborot vositasi sifatida xizmat qilmoqda.

 

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining tashkil topishidan avval birinchi marotaba Turk radiotelefon aksiyadorlik jamiyati qoshida berilgan radio eshittirishlar 1964-yili TRT tarkibiga kirdi. 1927-yilning 6-mayi kuni o’z ishini boshlagan Istanbul radiosi ortidan 1928-yili Anqara radiosi ham o’z faoliyatini boshladi. Anqara va Istanbul radiolari 1936-yilning 8-sentabri kuni Pochta va telegraf tashkilotiga yani PTTga topshirildi.

 

Pochta va telegraf tashkilotiga topshirilishi ortidan uzatgich quvvati takomillashtirilgan Anqara radiosi 1938-yilning 28-oktabri kuni rasmiy ravishda ishga tushirildi. Istanbul radiosi 1938-yilning oktabr oyida o’z faoliyatini to’xtatar ekan 1949-yilning 19-noyabri kuni o’z faoliyatini qayta boshladi. Ikkinchi Jahon urushi bilan birga radiolar yangi tashkil topgan Matbuot va turizm direktorligi tarkibiga kirdi. 1950-yili o’z faoliyatini Izmir munitsipaliteti qoshida boshlagan Ismir radiosi, 1953-yildan e’tiboran o’z faoliyatini Matbuot va turizm direktorligi qoshida davom ettirdi.

 

1960-yili mamlakatning sakkizta viloyatida Viloyat radiosi tashkil etildi. Radio eshittirishlari yetakchiligining avtonom va betaraf davlat iqtisodiy tashkiloti sifatida tartibga solinishini talab qilgan va 1961-yili qabul qilingan konstitusiyaga muvofiq 1964-yili 359 raqamli qonun bilan TRT tarkibida davom etgan radio eshittirishlari, uzatgich quvvatlarining takomillashtirilishi bilan yana-da keng ko’lamli xizmat bera boshladi. 1974-yili TRTning markaziy va mintaqaviy radiolarining birlashtirilishi orqali TRT-1, TRT-2 va TRT-3 radio eshittirishlari tashkil etildi.

 

Teledasturlar esa 1968-yilning 31-yanvari kuni Turkiyaning birinchi sinov tariqasidagi teledasturi sifatida poytaxt Anqaradagi Mithatpasha studiosida Mahmut Tali O’ngo’renning ochilish nutqi bilan boshladi. Bir haftada 3 kun, 3 soatdan boshlagan sinov tariqasidagi berilishlar 1 yil ortidan 1 haftada 4 kunga chiqarildi. 1970-yili Izmir televideniyasi, 1971-yili esa Istanbul televideniyasi o’z faoliyatini boshladi.

 

1969-yili astronavtlarning oyga qadam qo'yishi va Zeki Murenning Anqarada bergan konserti televideniye ekranlarida aks etdi. 1973-yili esa Turkiya Respublikasining ikkinchi prezidenti Ismet Ino’nining dafn marosimi jonli efir orqali berildi.

 

1974-yilning 20-iyuli kuni Kiprning tinchligi uchun boshlatilgan amaliyotdan Turkiya va Yevropa TRT orqali xabardor bo’ldi. Eurovision qo’shiq tanloviga Turkiya birinchi marotaba 1975-yili TRT orqali ishtirok etdi. 1978-yili birinchi marotaba suv osti kameralaridan foydalanilgan holda “Teranglardagi o’tmish” deb nomlangan hujjatli film suratga olindi. 1979-yilning 23-apreli kuni dunyoning 5 davlati nomidan 133 bola va 31 lider ishtirokidagi birinchi bolalar bayrami uyushtirildi.

 

1974-yili teledasturlar haftaning har kuni berilib borilar ekan mamlakat aholisining 55 foizi (19 million) va mamlakat hududining esa 28 foizi (210.861 km2) tomonidan tomosha qilinadigan bo’ldi. Televideniyaning Turkiyaga kirib kelishining 10-yilligida Pochta va telegraf tashkiloti markazlarida ro’yhatga olingan televizor oluvchilar soni 2 millon 250 mingga yetdi. Turkiyadan berilgan va chet elda olingan muvofiqlashtirish, nashr qilish, yozish va tahrir qilish faoliyatlarini bajara oladigan kuchdagi Eurovision aloqa markazi 1982-yili ishga tushdi. Borgan sayin ortgan teledastur soatlari bilan birga ekran 1981-yilning 31-dekabri kuni kechqurun ranglana boshladi va 1984-yili dasturlar to’lig’i bilan rangli ekran orqali berila boshladi.

 

1986-yili televideniyaning ikkinchi kanali yani “TRT-2” ishga tushdi. 1987-yili “Intelsat” sun’iy yo’ldoshidan ijaraga olingan bir jihoz orqali “TRT-1” va “TRT-2” dasturlari sun’iy yo’ldosh orqali butun Turkiyaga yetkazildi. “TRT-3” va “GAP-TV” 1989-yili ishga tushdi va bu bilan TRTning telekanal soni 4 ga chiqdi. 1990-yili esa ko’proq ta’lim sohasida “TRT-4” bilan Yevropada yashagan turk ishchilarga atab “TRT-INT” berilishlari boshladi. 1993-yili Kavkaz va Markaziy Osiyoga atalgan dasturlar o’rin olgan “TRT-AVRASYA” kanali, 1995-yili esa “TBMM TV” o’z faoliyatini boshladi.

 

1998-yili birinchi chet el vakolatxonamiz TRT Almanya-Berlin vakolatxonasi ochildi. Buning ortidan 1999-yili Turkmaniston Ashxobod vakolatxonasi, 2000-yili Ozarbayjon-Boku, Misr-Qohira va Belgiya-Bryussel vakolatxonalari ochildi. 2002-yili esa navbatdagi yani oltinchi chet el byurosi AQSh-Vashington, 2004-yili esa O’zbekiston-Toshkent byurosi ochildi.   

 

1999-yili “TRT-SAYTEK” (Ma’lumotlarni raqamli texnologiyalar orqali uzatish markazi) tashkil topib u o’z faoliyatini www.trt.net.tr internet sayti orqali boshladi. 

 

2003-yili ham Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi ham da butun Turkiya uchun unutilmas ajoyib yil bo’ldi. Chunki TRT, yurtimiz nomidan ishtirok etgan 48-Eurovision xalqaro musiqa tanlovida Sertap Erener “Every Way That I Can” qo’shig’i bilan birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

 

Chet elda ham faol faoliyat olib borgan TRT 2004-yili Osiyo-Tinch okeani mintaqasi radiotexnika birlashmasi, Asiavision kelishuviga qo’l qo’ydi. 2008-yilning 1-noyabri kuni Turkiyaning yakkayu yagona bolalar kanali bo’lish xususiyati bilan “TRT Çocuk” o’z faoliyatini boshlar ekan 2009-yilning 1-yanvari kuni turli til va lahjalarda faoliyat olib borgan birinchi kanal “TRT 6” kurd tilida o’z ishini boshladi. Kanalning nomi 2015-yili “TRT Kurdi” deb o’zgartirildi.   

 

2008-yili o’z faoliyatini boshlagan www.trtvotworld.com veb-sayti 37 tildagi xizmati bilan media xizmati tarmog’ida, dunyo miqyosida 5-o’rinda turadi. Bugungi kunda oxirgi muhim yangiliklar mutahassislarning ham fikriga o’rin berilgan holda keng ko’lamli, betaraf va to’g’ri mazmunda 41 tilda butun dunyoga taqdim etilmoqda.


Bolqonlardan Markaziy Osiyoga, Yaqin Sharqdan Kavkazlarga yoyilgan roppa-rosa 27 davlat va 13 muxtor respublikadagi qariyb 250 millionlik aholiga ega bo’lgan keng hududga xitob etgan “TRT Avaz” telekanali 2009-yilning 21-marti kuni o’z faoliyatini turk, ozarbayjon, qozoq, o’zbek va turkman tilida boshladi.

 
“TRT Turk” 2009-yili xalqaro axborot va madaniyat kanali sifatida o’z ishini boshlar ekan huddi ana shu yili o’z faoliyatini sinov tariqasida boshlagan “TRT ANADOLU” esa TRT bilan mahalliy va mintaqaviy televideniyalar ittifoqining birgalikda faoliyat olib boradigan kanali sifatida qabul qilindi. “TRT ANADOLU” 2012-yili Ramazon oyida uzluksiz 24 soat faoliyat olib boradigan “TRT Diyanet” kanaliga aylandi. 2009-yilning 16-noyabri kuni ochilgan “TRT Müzik”, o’tmishdan bugungi kungacha mahalliy va chet el musiqa dasturlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qilib keladi.

  
“Guvoh bo’lishga tayyorsizmi?” degan shior bilan 2009-yilning 17-oktabri kuni o’z faoliyatini boshlagan “TRT Belgesel” kanali Turkiyani ingiliz, nemis, fransuz, rus va turk tillarida butun dunyoga tanishtirmoqda.

2009-yili shuningdek “Radyo 6”, “TRT Nağme”, “TRT Ankara Kent Radyosu”, “TRT Türkü” bilan “TRT Avrupa FM” radiolari o’z ishini boshladi.

 

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi Yevropa va dunyoning eng nufuzli axborot kanallaridan biri hisoblangan “Euronews” bilan hamkorlik uchun qo’l qo’yar ekan hozirda “Euronews”ning eng yirik sheriklaridan biriga aylandi va “Euronews” axborot kanali 2010-yilning yanvar oyida 9-til sifatida turk tilida o’z faoliyatini boshladi.

 

2010-yilning 18-marti kuni “TRT Haber” kanali o’z faoliyatini boshlar ekan arab tilida faoliyat olib borgan TRT –“ETTÜRKİYYE”  kanali, Arab davlatlarida eng ko’p tomosha qilingan kanal bo’lish muvaffaqiyatiga erishishni ko’zlab, 2010-yilning 4-apreli kuni o’z faoliyatini boshladi. Kanal nomi 2015-yili “TRT-El Arabia”
deb o’zgartirildi.


TRT HD kanali ko’proq sport, hujjatli film va kinofilm namoyish etmoqda.

 

2010-yilning avgust oyida ishga tushgan “TRT Spor” milliy va xalqaro sport musobaqalarini namoyish etar ekan ayni vaqtda har qanday sport turiga ham e’tiborlarni qaratib kelmoqda.


2011-yilning yanvar oyida o’z faoliyatini boshlagan “TRT Okul” esa turli yoshdagi qiziquvchilarga ko’ra tayyorlangan ta’lim va madaniy dasturlari bilan texnologik va ta’lim kanali hisoblanadi.

 
TRT boshqacha qilib aytganda Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi bugungi kunda 14 ta telekanal, 5 ta mahalliy, 5 ta mintaqaviy, 3 ta xalqaro va 3 ta mahalliy radio stansiyasi, trt.net.tr va 41 tilda tayyorlangan www.trtvotworld.com  deb nomlangan veb-saytlari, teleteks xizmati, "Televizyon", "TRT Çocuk", “Radyovizyon”  deb nomlangan jurnallari bilan Turkiya va dunyoda xizmat ko’rsatishni davom ettirmoqda.