Tovon yorilishini davolash uchun tabiiy vositalar…

Foydali maslahatlar-03

1881842
Tovon yorilishini davolash uchun tabiiy vositalar…

 

Teri juda nozik bo‘lib u doimiy parvarishni talab etadi. Tovon terisi esa tashqi muhit ta’siriga ko‘p uchraydi, shuning uchun uni yanada ko‘proq parvarish qilish lozim.

Quyida uy sharoitida tovon terisini parvarish qilish yo‘llarini e’tiboringizga havola etamiz.

  1. Limon

Agar tovoningizdagi yoriqlar sizni bezovta qilsa, iliq suvga ozgina limon sharbati va tuz qo'shing va oyoqlaringizni taxminan 15 daqiqa davomida ushbu suvga solib o’tiring. Keyin pemza tosh yordamida tovoningizni tozalang.

So’ngra, oyoqlaringizni toza suv bilan yuving va sochiq bilan quriting.

Ushbu usulni qo'llashda e'tibor berishingiz kerak bo'lgan nuqta - suv juda issiq bo’lmasligi kerak. Chunki, issiq suv teringizni quritadi va shuning uchun tovoningiz ko'proq yoriladi.

  1. Olma sirkasi

Bir stakan iliq suvga yarim stakan olma sirkasi qo'shing. Oyoqlaringizni 15 daqiqa davomida ushbu suvga solib o’tiring. Oyoqlaringizni suvdan olganingizdan so'ng, ularni pemza tosh bilan tozalashingiz mumkin.

  1. Kraxmal

Oyoqlarni kraxmal eritmasi bilan vanna qilish terini yumshatadi va sog’ayish jarayonini tezlashtiradi. Buning uchun kartoshka kraxmalini iliq suvda eritib (1 litr suv uchun 1 osh qoshiq), oyoqlarni 15 daqiqaga vanna qiling. So’ng sochiq bilan qurutib, oziqlantiruvchi krem qo’llang.

  1. Tabiiy efir moylari

Zaytun moyi, kokos yog'i, kunjut yog'i yoki bodom yog'i kabi teriga juda foydali bo'lgan yog'larning umumiy xususiyati terini tabiiy ravishda namlashidir.

Tovon yorilishidan xalos bo'lish uchun, oyog'ingizni iliq suvda bir muddat namlaganingizdan so'ng, tovoningizni pemza tosh bilan ishqalang. Keyin oyoqlaringizni yuving va quriting. Keyin o'zingiz tanlagan moylardan biri bilan oyoqlaringizni massaj qiling. Bu jarayondan so'ng oyoqlaringizga paypoq kiying.

Tovoningizdagi yoriqlar butunlay yo'qolgunga qadar bu usulni har kecha takrorlashingiz mumkin.

1. Choy daraxti efir moyi

Oyoqlaringizni iliq suv bilan yuving va quriting. Choy daraxti efir moyini tovoningizga tomizib, barmoq bilan massaj qiling. Keyin paypoqlaringizni kiying va uni bir kechada qoldiring.

  1. Vazelin

Oyog'ingizni iliq suvda yuvgandan so'ng, tovoningizni pemza tosh bilan ishqalang. Keyin oyoqlaringizga ko'p miqdorda vazelin surting va  paypoq kiying.

Agar xohlasangiz, vazelinni bir choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtirib, oyoqlaringizga surtishingiz mumkin.

  1. Avokado

Yarim avakadoni banan bilan aralashtirib, maydalang. Ushbu aralashmani yorilgan joyga qo'llang va uni 20 daqiqaga qoldiring. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.

  1. Nanlantiruvchi krem

Har oqshom oyoqlarni iliq suvda yuvgandan so'ng, ularni pemza tosh bilan tozalash va keyin oyoq tagiga namlovchi krem ​​surtish tovon yorig'ini tezda davolashga imkon beradi.

Ushbu usulni har dushdan keyin qo'llash tovon yoriqlari paydo bo'lishini oldini oladi.

Kremni qo'llaganingizdan so'ng, siz paxta paypoq kiyishingiz va oyoq tagini issiq tutishingiz mumkin.

  1. Asal mumi

Asal mumi bilan davolash tamoyili oddiy: ushbu vosita yoriqlar mavjud joyga qalin qilib surtiladi. Muolajani yotishdan oldin amalga oshirish tavsiya etiladi.

Ushbu vositalardan tashqari, terini muntazam ravishda krem ​​bilan namlab turish tavsiya etiladi. Namlantiruvchi kremni ham uy sharoitida tayyorlash mumkin — bolalar kremiga 5 tomchi lavanda va choy daraxti yog’idan qo’shib, aralashtirish kifoya. Unga bir osh qoshiq vazelin qo’shish ham mumkin.

Chuqur namlantiruvchi ta’sirga erishish uchun kremni tovonga qalin qilib surtib, ustidan paypoq kiyish tavsiya etiladi. Shunday holatda uyquga ketib, tongda uyg’ongach, o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’ladi.

  1. Asal va zaytunyog’i   

1 choy qoshiq asalni bir osh qoshiq zaytun moyi bilan yaxshilab aralashtiring. Ushbu aralashmani tovoningizga surting va 20 daqiqaga qoldiring.

  1. Banan

Pishgan bananni maydalab, ezgandan so'ng, tovoningizni banan pyuresi bilan ishqalang. Iloji bo'lsa, banan pyuresini oyoqlaringizga suring va 5-10 daqiqaga qoldiring.

Keyin oyoqlaringizni iliq suv bilan yuving. Shundan so'ng, oyoqlaringizni 5-10 daqiqa davomida sovuq suvga botiring.

  1. Guruch uni

Guruch uni tufayli siz o'lik terini tovoningizdan olib tashlashingiz va shu bilan yorilishini oldini olishingiz mumkin. 1 hovuch guruch unini bir necha choy qoshiq asal va olma sirkasi bilan xamir holiga kelguncha aralashtiring. Oyoqlaringizni 10-15 daqiqa davomida iliq suvda namlang, keyin quriting. Nihoyat, tayyorlaganaralashma bilan tovoningizni ishqalang.

  1. Epsom tuzi

Epsom tuzini bir chelak iliq suvga soling va kamida 10 daqiqa davomida bu suvda oyoqlaringizni namlang. Vaqt o'tgandan so'ng, yumshatilgan tovoningizni pemza tosh bilan ishqalang. Keyin oyoqlaringizni yana 10 daqiqa davomida tuzli suvga botiring.

Nihoyat, oyoqlaringizni quriting va tovoningizga namlantiruvchi krem surting..

      1. Gul sharbati va glitserin

Glitserin va gul sharbatini teng miqdorda aralashtiring. Kechqurun yotishdan oldin aralashmani tovon va oyoqlaringizga ishqalang, so'ngra paypoq kiying va uxlang.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #tovon yorilishi

Aloqador xabarlar