Tovon yorilishini uy sharoitida davolash usullari, xalqona vositalar

Tovon yorilishi oddiy holat emas. Muammo yuzaga kelishidan oldin dastavval teri quruqlashadi, qalinlashadi, shundan keyingina yoriladi. Ba’zi hollarda jarohatga infektsiya tushadi va muammo yanada kuchayadi.

1861841
Tovon yorilishini uy sharoitida davolash usullari, xalqona vositalar

 

Tovon terisining dag’allashishi va yorilishi muammosi ko’pchilikni bezovta qiladi. Ayniqsa yoz faslida u estetik jihatdan noxush ko’rinadi va yurish paytida ba’zi noqulayliklar tug’diradi. Muammoni hal qilish uchun, avvalo, uning qanday kelib chiqqanini bilib olish kerak. Tovonda yoriqlar paydo bo’lishi sabablari va terining sog’lom holatini qaytarish uchun nima qilish kerak? Savolga javob olish uchun quyidagi maslahatlarga quloq soling!

 

1. Iliq suv

Tovon yorilishini oldini olish uchun iliq suvda namlash usulidan foydalanish kerak. Agar oyoqlaringiz yoki barmoqlaringiz yorilgan bo’lsa, ularni 20 daqiqa davomida iliq suvda namlang. Keyin bu joyni muloyimlik bilan ishqalab, qurigan terini olib tashlashingiz mumkin. Ushbu usulni haftada 2-3 marta takrorlashingiz mumkin.

2. Sirka va piyoz

  • 1 stakan sirka 
  • 1 dona piyoz
  • 1 banka
  • Paxta
  • Stretch plyonka

Qo’llanilishi:

Piyozni shisha idishga solib, ustiga sirka ilova qiling. Og'iz yopiq holda 8 soat davomida dimlab qo’ying. Taxminan 8 soatdan keyin aralashmaga paxtani cho’mib, yorilgan joylarga qo’ying. Avvalo yorilgan joyni paxta vositasida yaxshilab arting. Ushbu muolaja usulini 10 kun davomida qo’llashni unutmang!

3. Olma sirkesi

4 stakan suvga to'rt osh qoshiq olma sirkasi qo'shing va aralashtiring. 20 daqiqa davomida bu aralashmada yorilgan joyni namlang. Keyin yengil massaj qiling.

 

4. Sarimsoqli zaytunyog’i

  • 3 tish sarimsoq
  • 2 osh qoshiq zaytunyog’i
  • Stretch plyonka
  • Paxta

Tayyorlanishi:

Bir piyola ichida 3 tish sarimsoqni maydalang. Ezilgan sarimsoqni zaytun moyi bilan aralashtiring. Bu aralashmani yorilgan tovonga surting va 1 soat kuting.

 

5. Kanakunjut yog’i

5 osh qoshiq kanakunjut yog’ini 1 litr suvga aralashtiring. Ushbu aralashma vositasida tovoningizga vanna qiling.

 

6. Pomidor po’stlog’i

Pomidorning archilgan po’stlog’ini yorilgan tovoningizga qo’ying va bint bilan o’rang.

 

7. Ananas po’stlog’i

Ananasni po’stlog’idan ajrating. Ichki qismini yorilgan tovoningizga qo’ying. Bu usulni kamida 7 kun takrorlang.

 

8. Choy daraxti yog’i

Iliq suv bilan to'ldirilgan idishga 2-3 tomchi choy daraxti yog'ini tomizing. Oyoqlaringizni suvga solib biroz kuting. Choy daraxti yog'i juda kuchli yog' bo'lgani uchun teringizni bu suvda maksimal 15 daqiqa davomida namlang. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.

 

9. Romashka suvi

  • 1 litr suv
  • Romashka choyi yoki quritilgan romashka

Taxminan 1 litr suvga quritilgan romashka yoki romashka choyini soling va bir muddat damlab qo’ying. Kuniga 30 daqiqa mobaynida oyoqlaringizni romashka suviga solib o’tiring.

 

10. Banan po’stlog’i

Banan po’stlog’ini yorilgan tovoningizga qo’ying va bir muddat kuting. Banan po’stlog’i tovoningizni yumshatadi.

 

11. Anjir

Yashil anjir suvi yorilgan qo’l va oyoqlarni yumshatadi. Yorilgan qo’l va tovonlarni yumshatish uchun yangi uzilgan yashil anjirning suvi siqilib, kuniga 3 mahal yorilgan joylarga qo’yiladi.

 

12. Limon sharbati

Yorilgan qo’l va oyoqlarga limon sharbati suring va qurishini kuting. Bu usulni kuniga 3 mahal takrorlashingiz mumkin.

Shu bilan bir qatorda, ikki chinnigulni bir osh qoshiq limon sharbatiga ilova qiling va taxminan 15 daqiqa kuting. Keyin chinnigullarni olib tashlang va limon sharbatini yorilgan joyga suring. Quriguncha kutib turing va yana qo'llang. Ushbu usulni kuniga bir necha marta takrorlang.

 

13. Sarimsoq

Yorilgan tovoningizga sarimsoq suring.

Yana bir usul sifatida ikki tish sarimsoqni maydalab, ustiga biroz sirka qo'shing. Keyin bu aralashmani yorilgan joyga qo'ying. Paxta yoki bint bilan 2-3 soat o’rab qo’ying. Ushbu jarayonni bir necha hafta davomida kuniga takrorlang.

 

14. Iste’mol sodasi va Limon

Bir idishga iliq suv va 2 osh qoshiq limon sharbati qo'shing. Yorilgan joyni ushbu aralashmada 2 daqiqa ushlab turgach, unga iste’mol sodasini ilova qiling. Keyin yana 5-10 daqiqa kuting. So’ngra yorilgan joyni ishqalang.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #tovon yorilishi

Aloqador xabarlar