D vitamini organizm uchun qanchalik muhim?

D vitamini suyaklar, mushaklar, tishlar va hatto immun tizimi sog‘lomligi uchun juda muhim. Agar organizm bu vitaminni yetarli miqdorda qabul qilib turmasa, sog‘liq bilan bog‘langan muammolar paydo bo‘la boshlaydi.

1838515
D vitamini organizm uchun qanchalik muhim?

 

D vitamini nima va u nima uchun muhim?

D vitamini "quyosh nuri vitaminlari” nomi bilan tanilgan. Bizning terimiz ushbu vitaminni quyosh nurlari ta'sirida ishlab chiqaradi.

Dvitamini inson salomatligi uchun o’ta muhimdir. Bu suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi, immunitet tizimini yaxshilaydi va ko'plab zararli holatlardan himoya qilishga yordam beradi.

D vitamini  yog'da eriydigan vitaminlar qatoriga kiradi. Bu vitamin yog'ga singib ketadi va jigar, yog' to'qimalarida saqlanadi. Organizmda to’plangan D vitamini 3-4 oy davomida tanada saqlanib qolishi mumkin.

 

D vitaminining vazifalari nimalardan iborat? D vitamini organizmda qanday rol o'ynaydi?

•        Kuchli suyak va tishlarni targ'ib qiladi

•        Immunitet, miya va asab tizimini kuchaytiradi.

•        Insulin darajasini tartibga soladi va diabetni boshqarishni qo'llab-quvvatlaydi.

•        O'pka funktsiyasini, yurak-qon tomir salomatligini yaxshilaydi.

•        Saraton kasalligi ehtimolini pasaytiradi.

D vitamini etishmovchiligi bolalarda raxit, kattalarda esa, suyak va mushaklar kuchsizligi kabi suyak deformatsiyasiga olib kelishi mumkin.

 

Organizmda D vitamini yetishmasligini qanday bilish mumkin?

D vitamini etishmovchiligi belgilari depressiya, suyak og'rig'i, tez-tez virusli infektsiyalar, tez-tez shamollash va charchoq kabi namoyon bo'lishi mumkin.

Organizmda D vitaminining ortiqcha bo'lishining belgilari esa, D vitaminini haddan tashqari ko'p iste'mol qilish, tana vaznining ixtiyoriy va tez yo'qolishi, charchoq, joy va vaqtni idrok etishning buzilishi, qusish yoki ich qotishida namoyon bo'lishi mumkin.

 

D vitamini qanday va qayerdan olinadi?

D vitamini manbalariga quyosh, ba'zi mahsulotlar va D vitamini qo'shimchalari kiradi.

Quyosh nurlari D vitaminining eng muhim tabiiy manbai hisoblanadi.

Ko'p miqdorda quyosh nurlarini olish D vitamini darajasini oshirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Chunki, tanamiz D3 vitaminini terining tarkibidagi xolesteroldan quyoshning ultrabinafsha nurlari ta'sirida ishlab chiqaradi.

Quyoshli mamlakatlarda yashamaydigan odamlar ko'proq D vitaminini oziq-ovqat mahsulotlari va qo'shimcha vositalar orqali olishlari mumkin.

 

Qaysi mahsulotlar tarkibida D vitamini mavjud?

D vitaminiga boy mahsulotlar quyidagilar:

1.            Yog'ga boy baliqlar: losos, sardalya, seld, qilich baliq, orkinos, skumbriya kabi yog'li baliqlar. Bundan tashqari, somon balig’i ham D vitaminiga juda boy hisoblanadi. O'rtacha 100 gramm somon balig’ida 526 IU D vitamini mavjud. Konserva baliqlarda ham D vitamini mavjud bo’lib, uni saqlash va tashish qulayligi uchun ko’pincha insonlar konserva baliqlarni afzal ko’rishadi.

2.            Tuxum sarig’i

Tuxumning oqi oqsillarga boy bo'lsa, sarig'i esa, D vitaminiga boy hisoblanadi.  

3.            Apelsin sharbati,

4.            Baliq yog’i,

5.            Sut va sut mahsulotlari: Sigir suti, yogurt va sariyog’,

6.            D vitaminiga boy meva va sabzavotlar,

D vitaminiga boy o'simlik manbalari juda cheklangan. Brokkoli, kartoshka, sabzi, olma va banan, bodom, yasmiq va bug’doy nonida oz miqdorda D vitaminini olish mumkin.

7.            Mol jigari,

8.            Tovuq go’shti,

9.            Mol yoki qo’y go’shti,

10.          Quyoshda yetishgan qo’ziqorinlar.

Qo'ziqorinlar ham D vitaminiga boy ozuqalardan biridir. Chunki ular xuddi odamlar kabi quyosh orqali D vitaminini sintez qilishlari mumkin. Faqatgina farq shundaki, qo'ziqorinlar D2 vitamini ishlab chiqaradi, odamlar esa D3 vitaminini ishlab chiqaradi. Inson tanasida D vitaminidan kerakli foydani olishi uchun D3 vitaminiga ehtiyoj bor. Shuning uchun qo'ziqorinlardan olingan D2 vitaminining ta'siri D3 vitaminiga o’xshamaydi.

D vitamini yetishmasligi, shuningdek, D vitaminining haddan ziyod ortiqcha bo'lishi ba'zi kasalliklarga olib kelishi mumkin. D vitamini ortiqcha qabul qilinganda qonda kaltsiy to'planadi. Buyrak toshlari, yurak va buyrak yetishmovchiligi D vitaminini ko'p iste'mol qilish natijasida yuzaga keladigan kasalliklardir.

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #D vitamini

Aloqador xabarlar