Stomatit — og’izdagi yaralar va uni uy sharoitida davolash usullari

Yaralar eng ko’p uchaydigan joy — lablarning ichki yuzasida, lunjda, tanglayda va bodomsimon bezlar ustida bo’ladi. Kasallikda yarachalar kamdan-kam hollarda tilda va til ostida paydo bo’ladi.

1831069
Stomatit — og’izdagi yaralar va uni uy sharoitida davolash usullari

 

Stomatit — bu og’iz bo’shlig’i shilliq epiteliy qavatining yallig’lanishidir. Odatda, stomatit bolalik bilan bog’liq kasallikdir. Biroq, hozirgi vaqtda ushbu kasallik kattalarda ham tobora ko’p kuzatilmoqda.

Yallig’lanish ko’pincha lablarda, yonoqlarda, tanglayning ichki yuzasida uchrashi mumkin. Ba’zida stomatit til ostida ham kuzatiladi. Kasallik rivojlanishi sabablari atrof-muhitning salbiy ta’siri va organizmning immun qobiliyatlarining sustlashishidir.

SABABLARI

  • Infektsion kasalliklar. Turli bakteriyalar va viruslar, albatta, og’iz shilliq qavatiga zarar yetkazadi. Ammo, shartli patogen flora har bir kishida mavjud bo’lsa-da, har doim ham o’zini namoyon qilmaydi.
  • Noto’g’ri ovqatlanish. Boy va to’liq ovqat ratsioni organizmni normal hayot uchun zarur bo’lgan vitamin va mineral moddalar bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan. Ushbu moddalarning yetishmasligi kasallanish ehtimolligi oshishiga olib keladi.
  • Og’iz bo’shlig’i shikastlanishi. Stomatit ko’pincha og’iz shilliq qavati yaxlitligining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Bunga lablarni tishlash, shilliq qavatning quruq va qattiq oziq-ovqat bilan jarohatlanishi, kuyish sabab bo’lishi mumkin.
  • Gigiena qoidalariga rioya qilmaslik. Sabzavot va mevalarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilish hamda qo’llarni yaxshi yuvmaslik.
  • Stomatologik kamchiliklar. Tish protezlarini noto’g’ri o’rnatishda, ayniqsa sifatsiz materiallardan foydalanilgan bo’lsa yoki shifokor yetarli malakaga ega bo’lmasa.
  • Og’iz bo’shlig’ining noto’g’ri gigienasi. Tishlarni haddan ortiq ko’p yuvish va tarkibida natriy lauril sulfat mavjud bo’lgan tish pastalarini ishlatish natijasida so’lak ajralishi sekinlashadi va shilliq qavatning suvsizlanishi rivojlanadi. Bu ta’sir tashqi omillarga og’iz epiteliyning kurashuvchanligini kamaytiradi va natijada stomatit rivojlanadi.
  • So’lakni kamaytiradigan dori-darmonlarni qabul qilish. Bunday preparatlar, xususan, diuretiklarni o’z ichiga oladi.
  • Chekish va haddan tashqari spirtli ichimlik iste’moli.

           Va nihoyat, stress, ruhiy tushkunlik, haddan tashqari tashvishlanish kabi  vaziyatlar ham og'iz yaralarini keltirib chiqarishi mumkin. 

Og’izdagi yaralarni uy sharoitida davolash uchun nimalardan foydalanish mumkin?

  • Karbonat

Qo'lni sovunlab yuvgach, barmoq uchi bilan og'izdagi yaraga karbonat surish mumkin.

  • Olma sirkasi

Bir choy qoshiq olma sirkasini bir stakan suvga aralashtiring va og'zingizni eritma bilan 30 soniyadan bir daqiqagacha chayqang. Keyin og'zingizni oddiy suv bilan yuving.

       Qizilmiya ildizi

Og'izdagi yallig'lanishni davolash uchun qizilmiya ildizini afzal ko'rish mumkin. Qizilmiya ildizidan choy tayyorlab, og’izni chayqashingiz mumkin.

  • Kivi

Kivi antioksidant meva hisoblanadi. Og'izdagi yallig’lanishni davolash uchun siz kivi iste'mol qilishingiz mumkin. 

  • Jambil

Bir tutam jambilni og'zingizga olib, yaxshilab chaynang.. 

  • Qora tut

Qora tutning o‘zini yoki sharbatini ichsa yoki yaraga surkash samarali bo‘ladi..

  • Qalampir munchoq

Qalampir munchoq donachalarini chaynash og’izdagi yaralarni davolashda samarali bo'ladi.

  • Vitamin yetishmovchiligi

Temir, folik asit, B12 vitamini yetishmovchiligi aftoz stomatit boshlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Vitamin qo'shimchalarini qabul qilish aftalarning chastotasini kamaytirishi va immunitetingizni oshirishi mumkin.

  • Kokos moyi

Kokos yog'i og'izdagi bakteriyalarning ba'zi zararli turlari bilan kurashadi. Bir osh qoshiq kokos moyi bilan og’izni chayqash samarali bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, har kuni kokos moyi bilan og'izni chayish aftoz stomatitni oldini olishga yordam beradi.

  • Limon

Muntazam ravishda limon sharbati bilan og’izni chayish og'izdagi yaralarni dizenfektsiya qilishda samaralidir.

  • Petrushka

Petrushka barglarini chaynash og'izdagi yaralarni davolashda samarali hisoblanadi. 

  • Namakop suv

Og'izni namakop suv bilan chayish aftoz stomatitni quritishga yordam beradi. Bir choy qoshiq tuzni yarim stakan iliq suvda eritib, 15-30 soniya davomida og’izni chayqash tavsiya etiladi. Agar kerak bo'lsa, bir necha soatdan keyin yana takrorlashish mumkin.

  • Chinnigul yog'i  

Aftoz stomatit yaralar og'riqli bo'lishi mumkin va chinnigul yog'i og'riqdan xalos qilishi mumkin. Chinnigul yog’i qadimda tish og'rig'ini davolash uchun ham ishlatilgan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, chinnigul yog'idan tayyorlangan og'iz jeli og'izdagi yaralarga surilganda og'riqni kamaytiradi.

 

  • Sumak

Masalliqlar:

1 osh qoshiq sumak

1 choy qoshiq olma sirkasi

1 stakan suv

Qanday tayyorlanadi?

1 stakan suv qaynatiladi va unga 1 osh qoshiq sumak ilova qilinadi. Yana 2-3 daqiqa qaynatiladi. Aralashma iliq holga kelgach, olma sirkasi ilova qilinadi. So’ngra doka yordamiga suziladi. Ushbu aralashma bilan og’iz chayiladi.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #stomatit , #Aftoz stomatit

Aloqador xabarlar