Xalq tabobati - 14

Dasturimizning bugungi sonida sochlarda uchraydigan kazgʻoq muammolari haqida soʻz qilamiz.

1739379
Xalq tabobati - 14

Qazgʻoq - bosh terisining sochli qismidagi oʻlik hujayralarning mayda-mayda boʻlib toʻkilishi oqibatida paydo boʻladi. Bu vaziyat ham ayollar, ham da erkaklarning sochlarida uchraydigan bosh terisi muammosidir.

Qazgʻoqning oldini olishning bir necha yoʻli bor. Quyidagilar esa ulardan ba’zilari:

• Sochni muntazam ravishda yuvish,

• Sochni muntazam ravishda tarash,

• Sochni muntazam ravishda parvarish qilish,

• Uzun sochli insonlar uchun sochni tez-tez yigʻmaslik,

• Stressni kamaytirish,

• Juda issiq suvda yuvmaslik,

• Juda sovuq suvda yuvmaslik,

• Sochni tez-tez boʻyamaslik,

• Jele, soch spreyi, koʻpik kabi sochni parvarish qilish vositalaridan foydalanishni kamaytirish,

• Quyosh nuridan foydalanish,

• B vitamini qabul qilish,

• Sink vitamini qabul qilish,

• Qazgʻoqqa qarshi shampundan foydalanish.

Qazgʻoqdan xalos boʻlish yoʻllari esa quyidagicha:

Soch kazgʻoqlariga qarshi tabiiy efir moylari shu jumladan choy daraxti yogʻi, kokos va zaytun moyidan foydalanishingiz mumkin.

Choy daraxti yogʻi (tea tree oil)

Choy daraxti yogʻi qazgʻoq alomatlarini kamaytiruvchi bakteriyalarni oʻldirish va yalligʻlanishga qarshi emlovchi xususiyatga egadir. Lekin nozik terilarda qichishishlarga yoʻl ochish ehtimoli bor. Shu bois undan foydalanishdan oldin kokos yogʻi kabi yogʻlar orqali yumshatish zarur ekanini unutmang.  

Kokos moyi:

Ushbu moy bakteriyalarni oʻldirish va terining namligini oshirish xususiyati orqali qazgʻoq va ekzama alomatlarining kamayishiga koʻmak beradi.

Zaytun yogʻi:

Bosh teriga bir oz zaytun moyi quyiladi. Keyin issiq suv bilan namlangan va mahkam siqilgan issiq sochiq boshga oʻraladi. Oradan 10 daqiqa oʻtgach, yuvishingiz mumkin. Bu holatni har hafta takrorlang.

Bulardan tashqari:

Aloe vera:

Aloe vera quruq bosh terisini yumshatish orqali qazgʻoqdan xalos qiladi. U bilan dush qabul qilishdan oldin sochlaringizni massaj qiling. Oradan 10 daqiqa oʻtgach, yuvishingiz mumkin. Bu holat qazgʻoqdan butunlay qutulgunga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda namlovchi xususiyatlarga ega shampundan foydalanishni unutmaslik kerak.

Lavanta yogʻi:

Lavanta yogʻi bosh terisi salomatligi uchun foydalidir. U bodam yogʻi kabi tashuvchi yogʻlar bilan aralashtirilib foydalanilganida qazgʻoq muammolaridan qutilishga yordam beradi.  

Limon suvi:

Yogʻli va qazgʻoqli sochlardan qutilish uchun limon suvi samarali natija beradi. Ushbu davolash usuli sochning pH darajasini muvozanatlash bilan birga soch terisidagi qazqʻoqning koʻpayishining oldini oladi. Buning uchun dush qabul qilishdan oldin 20 daqiqa sochingizni limon suvi bilan hoʻllab, kutishingiz shart.

Qichitqi oʻti:

Qichitqi oʻtini quruq yoki yangi holatda ishlatishingiz mumkin. Buning uchun bir choy qoshiq qichitqi oʻtini (qariyb 4-5 gramm) 750 milligramm qaymoq bilan suvda, ogʻzi bek, toʻrt daqiqa past olovda qaynating. Sovuganidan keyin uni suzib oling. Agar, sochlaringiz toza boʻlsa unda qichitqi oʻtining suvi bilan yuving. Yarim soat oʻtgach faqatgina suv bilan chayqab, quriting. Sochingiz kir boʻlsa unda avval shampun yoki sovun bilan yuving. Ortidan, tayyorlangan qichitqi oʻtining suvi bilan sochingizni yuvib, bir soat oʻtgach faqat suv bilan chayqab, quriting. Bu orqali sochlaringiz jonli va porloq koʻrina boshlaydi. Ayni vaqtda qazgʻoqdan ham xalos boʻlasiz.  

Probiyotik qabul qilishni orttirish

Probiyotiklarning immunitet tizimini kuchaytirish orqali qazgʻoqlarning oldini olishi tahmin qilinmoqda.

Koʻproq Omega-3 qabul qilish:

Omega-3 moyi kislotalaridagi kamchilik, qazgʻoqqa yoʻl ochishi mumkin. Goʻshti qizil baliq, gulmohi va skumbriya kabi yogʻli baliqlar, omega-3 moyi kislotalariga judayam boy. Qoʻshimcha sifatida baliq yogʻi yoki zigʻir urugʻi, chia urugʻlari va yongʻoq kabi boshqa omega-3 jihatidan boy mahsulotlardan ham koʻproq foydalanish mumkin.   

A vitaminiga boy mahsulotlar iste’mol qilish: 

A vitaminiga boy sabzi, oʻrik, jigar, maydanoz, kartoshka, chard va baliqqa boy dasturxonlar, insonni qazgʻoqdan uzoq tutganidek sogʻlom ovqatlanishga ham yordam beradi.

Olma sirkasi:

Olma sirkasining pH qiymati bosh terisi bilan mos keladi va bakteriyalarni oʻldirish hususiyatiga ega. Buning uchun bir stakan suvga 1 osh qoshiq tabiiy olma sirkasi bilan sochning tubiga massaj qilinadi. Oʻrtacha 20 daqiqa kuting va yuvmasdan iliq suv orqali chayqang. Bir haftada 3 marta takrorlang. Bu usul ham sochlarning porloq koʻrinishiga ham yordam beradi.

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlangan Xalq tabobati dasturini tingladingiz.

 


Tanlangan kalimalar: #bosh terisi muammosi , #Qazgʻoq

Aloqador xabarlar