Osteoartroz sabablari, tasnifi va davolash usullari

Osteoartrozda asosan og’irlik ko’taradigan bo’g’imlar ta’sirlanadi: tizza, son, yelka va bel-dumg’aza bo’g’imlari. Kasallikning rivojlanishida kunlik bemor ko’taradigan og’irlik muhim rol o’ynaydi.

1731263
Osteoartroz sabablari, tasnifi va davolash usullari

 

Dasturimizning bugungi sonida bo’g’imlarning keng tarqalgan kasalligi — osteoartrit va uni xalq tabobatida davolash usullari hamda uni oldini olish bilan bog‘liq foydali ma'lumotlar berishni maqsad qilganmiz. 

Bo‘g‘im kasalliklari revmatik kasalliklar tarkibiga kiradi. Bo‘g‘im kasalliklari 150 ta kasallikni o‘ziga qamrab olgan. Bular hammaga tanish revmatizm, artrit, osteoartrit, tizimli kasalliklar hisoblanadi. Bu kasallikar ichida eng ko‘p tarqalgani esa osteoartrit (osteoartroz)dir. Oldinlari bu kasallik yoshi kattalarda, ya'ni 60-70 yoshlilarda uchraydi, degan fikr bo‘lardi. Bugungi kunda bu kasallik yosharib, yoshlarda ham uchramoqda. Buning sabablari juda ko‘p, lekin aniq bir sababi haligacha aniqlanmagan.

Kasallik kelib chiqishiga modda almashinuvining o‘zgarishi, ko‘p yoki kamharakatlilik, tashqi muhit, nasliy moyillik kabi bir qator sabablarni aytib o‘tishimiz mumkin. Bu kasallik mayda va yirik bo‘g‘imlarni ham shikastlaydi. Kasallikning oldi olinmasa, keyinchalik bemorning ahvoli og‘irlashishiga va hayot tarzining buzilishiga olib keladi. Eng ko‘p kuzatiladigan holat tizza bo‘g‘imlarda og‘riqning paydo bo‘lishi. Qaysi bo‘g‘im ko‘p ishlasa, o‘sha bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi.

Osteoartrit (osteoartroz)ni oldini olish uchun albatta, birinchi navbatda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak. Umumiy qon tahlili, rentgen, MRT, kompyuter tomografiya usullarida tekshiruvdan o‘tish kasallikni vaqtida tashxislash imkonini beradi.

Kasallikni 4 bosqichga bo‘lish mumkin. 4-bosqichda dori vositalari deyarli foyda bermaydi. Bu bosqichni jarrohlik usuli bilan davolash kerak bo‘ladi.

Keling endi bo‘g‘imlardagi og‘riqni uy sharoitida davolashning samarali usullari haqida foydali maslahatlarga quloq solaylik.

 

  1. Aloe

Xalq tabobatida aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni: jumladan oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yaralari, bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni tindirishda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko’payishining oldini oluvchi modda bor. 

 

    2.   Boswellia yoki Hindiston choyxonasi 

Boswellia - Hindistonda paydo bo'lgan daraxt. Boswellia daraxti qobig'ining saqich qatronidan olingan ekstraktning ba'zi sog'liq uchun foydasi borligi aytiladi. Boswellia bir ayurveda o'ti deb tasniflanadi. Shuningdek, u hind libosi deb ham ataladi. Boswellia yallig'lanishga qarshi va analjezik (og'riq qoldiradigan) xususiyatlarga ega.

 

   3.    Evkalipt

Evkaliptdan olingan mahsulotlarning turlari mavjud bo’lib, og'iz orqali hamda teriga qo'llash orqali ishlatiladi. Revmatizm og'rig'ini davolashda qo’llaniladi. U og'riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va shishlikni kamaytiradi.

 

  4.    Chinor barglari

Issiqlikni tozalash va toksinlarni chiqarish, yallig'lanishga qarshi, shishlarni yo'q qilish, jigarni tozalash va diareyani davolash uchun dori-darmonlarning xom ashyosi sifatida farmatsevtika sohasida keng qo'llaniladi.

 

  5.   Zanjabil

Bo’g’imlardagi shishish holatlarini yo'q qilish uchun har kuni muntazam ravishda zanjabil choyi iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

 

  6.     Ko’k choy

Ko’k choy organizmdagi immunitet tizimining ortiqcha faollashuvini kamaytiradi. Ko’k choy bo’g’imlardagi og’riqni qoldirish xususiyatiga ega.

 

   7.  Zerdechal yoki kurkuma

Zerdechal tarkibidagi kurkumin moddasi yordamida bo’g’imlardagi og’riqni qoldiradi.

 

  8.   Tabiiy o'simlik moylari: 

Tabiiy o'simlik moylari suyaklarda, ayniqsa tizza bo'g'imlaridagi og’riqni davolashda ishlatilishi mumkin.

          Bir osh qoshiq qora sedana yog’i

  • Yarim stakan zaytunyog’i
  • 2 choy qoshiq biberiye ya’ni rozmarin yog’i
  • 1 choy qoshiq limon yog’i
  • 1 choy qoshiq jambil yog’i aralashtirilib tizza va bo’g’imlarga suriladi va massaj qilinadi. So’ngra, doka bilan 1-2 soat o’rab qo’yiladi.

 

9. Qirqkilit o’ti:

Qirqkilit o’ti xalq tabobatida bo’g’im kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Undan choy damlab iste’mol qilinadi. Choyga bir qoshiq asal ilova qilish tavsiya qilinadi.

 

        10. Partoshka sharbati:

Bo’g’im kasalliklarini tabiiy davolash usullaridan biri kartoshka sharbatidan foydalanishdir. Tadqiqotlarga ko'ra, kartoshka sharbati bo’g’imlardagi og'riqni kamaytirish qobiliyatiga ega. Kartoshka po’stlog’idan archilib ingichka bo'laklarga bo'linadi. Katta idishga suv quyiladi va bo'laklar suvga solinadi. Bu suv bir kecha saqlanadi va ertalab och qoringa ichiladi.

 

      11. Ananas sharbati:

Ananas sharbati bo’g’imlardagi shishish holatini kamaytiradi.

 

    12.  Kunjut urug’i:

Bo’g’im kasalliklarini davolashda kunjut urug’i samaralidir. Bir stakan suvga bir choy qoshiq kunjut solinadi va bu suv ertalab och qoringa ichiladi. Kunjut urug'idan tayyorlangan bu suv bo’g’imlardagi og'riqni yengillashtiradi.

Bo‘g‘imlar og‘rimasligining oldini olish uchun har doim harakatlantirib turish va tabiatdagi – yer, quyosh, issiq va sovuq havoda badanni chiniqtirish lozim.

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #osteoartrit , #Osteoartroz

Aloqador xabarlar