Prostatitni uy sharoitida davolash usullari

Prostata bezi faqat erkaklarda bo‘ladi va qovuqning pastki qismida joylashgan. Prostatit – bu prostata bezi yallig‘lanishi demakdir.

1724051
Prostatitni uy sharoitida davolash usullari

 

Prostatit — prostata bezining yallig’lanishidir. Prostata bezi erkak jinsiy a’zolarining ikkinchi darajali qismidir. Bez qovuq ostida, uning bo’yni atrofida joylashgan. Siydik chiqarish kanali (uretra) prostatadan o’tadi, ya’ni prostata siydik chiqarish nayini o’rab turadi. Aynan shu sababli, prostata kattalashganida, siydik yo’llarini siqib qo’yadi va siydik o’tishiga to’sqinlik qiladi.

35 yoshdan oshgan erkaklarda prostata kattalashishi tez-tez kuzatiladi. Bu odatiy hodisa. 50 yoshdan katta erkaklarda kasallik siydik-tanosil tizimi faoliyatining buzilishi oqibati hisoblanadi, ya’ni prostata bezining yalig’lanishi natijasida. Yodda tutish kerak, prostata bezi qancha kattalashsa, siydik shuncha ko’proq to’siladi va shu tariqa organizm tobora siydik bilan zaharlanib boradi.

Kasallik yetarlicha keng tarqalgan va jinsiy yetuk erkaklarning 80 foizidan ko’prog’ida tashxis qo’yilgan, ularning qariyb 30 foizi 20 dan 40 yoshgacha bo’lgan yosh guruhida aniqlangan. Agar biz statistik tadqiqotlarga murojaat qiladigan bo’lsak, har 10 ta bemorda prostatit aniqlanadi.

Surunkali prostatitni uy sharoitida davolash usullari va tavsiyalar

Agar ushbu kasallik bilan bog’liq shikoyatingiz davom etayotgan bo’lsa, uy sharoitida ba’zi muolaja usullarini sinab ko’rishingiz mumkin. Xalq tabobatida surunkali prostatitni davolash uchun quyidagicha maslahatlar berilgan.

  1. 1 litr qaynatilgan suvga taxminan 250 gr brokkoli ilova qilinadi. Past olovda 5 daqiqa qaynatiladi va suvi suzilgach, iliq holda kunda 3 mahal och qoringa iste’mol qilinadi. Brokkoli suvi iste’mol qilingandan keyin 20 daqiqa biron yegulik iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Suvda qaynatilgan brokkoli sabzavotini esa salatlarga qo’shib iste’mol qilish mumkin. ushbu muolaja usuli bir hafta davomida qo’llaniladi. Keyin 3 kun tanaffuz beriladi va takror qo’llaniladi. Terapiya kursi 21 kun bo’lib, 7 kun to’xtovsiz iste’mol qilinadi va 3 kun tanaffuz beriladi. Ushbu muolaja usulidan keyin bemordagi shikoyatlar kamayadi. Agar kasallik yana takrorlanadigan bo’lsa, bu safar 15 kun davomida kunda 3 mahal brokkoli suvini iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
  2. Surunkali prostatit kasalligini uy sharoitida davolashda piyoz iste’mol qilish ham samarali bo’ladi. 1 ta o'rtacha kattalikdagi piyozni to'g'rab, bir bo'lak non bilan iste'mol qilish kerak. Bu esa, kasallikdan kelib chiqqan yallig'lanishni kamaytiradi va og'riqni engillashtiradi.
  3. Kechqurun yotishdan oldin, 1 litr suvga ikkita po’stlog’i archilgan piyozni soling va ertalab och qoringa 1 stakan iste’mol qiling.
  4. Xom qovoq urug’i iste'mol qilish ham prostatitning rivojlanishini engillashtiradi. Har kuni muntazam ravishda bir hovuch xom qovoq urug’ini iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Yoki 500 gr qovoq urug’ini maydalang va 200 gr asalga aralashtiring. Ertalabda bir choy qoshiq iste’molq iling.
  5. Petrushka ham prostatitni davolash uchun uchun ajoyib yordamchidir. Kunda 3 mahal petrushka qaynatilib, suvi iste’mol qilinadi. Yoki suvini siqib iste’mol qilishingiz ham mumkin.
  6. Kurkuma kukunini (zerdeçal) muntazam iste'mol qilish juda samaralidir. Salat, sho'rva yoki yogurtga qo’shish orqali iste'mol qilinadi.
  7. Sabzi yoki ismaloq sharbati ham prostatitni davolashda samarali bo’ladi.
  8. Exinatseya (Ekinezya), immunitetni mustahkamlovchi ajoyib xususiyatga ega, u organizmga infektsiyaga qarshi kurashishga yordam beradi.
  9. C vitamini - antioksidant vitamindir. Bu yallig'lanishga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi vosita. Bundan tashqari, siydikni kislotali qiladi, shuning uchun bakteriyalar osonlikcha ko’paymaydi.  Kunda ikki marta taxminan 500 mg iste’mol qilinadi.
  10. Yallig'lanishga qarshi muhim yog'li kislotalarni o'z ichiga olgan zig'ir urug’i kukunini qatiq bilan aralashtirib iste'mol qilish tavsiya qilinadi.

 

  • Qolaversa ko’p suv iste’mol qilish, kunda kamida 6 yoki 8 stakan suv iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
  • Tarkibida kofein bo’lgan choy, qahva va kola, yoki gazlangan ichimliklar iste’mol qilmaslik kerak. chunki ular siydik yo’llarini bezovta qilishi mumkin.
  • Meyordan ortiqcha achchiq ovqatlar iste’mol qilmaslik kerak, chunki ular kasallikni yanada avj oldirishi mumkin.
  • Velosiped haydash kabi stressli harakatlardan qochish kerak. Ular simptomlarni yomonlashtirishi mumkin. Agar siz velosportni davom ettirmoqchi bo'lsangiz, jeldan tayyorlangan maxsus o'rindiqdan foydalanishga urinib ko'rishingiz mumkin.
  • Ich qotishi ya’ni qabziyat yallig'langan prostata bezini bezovta qiladi va bemorda juda ko'p og'riqqa sabab bo’ladi.  Ko’proq meva va sabzavot iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
  • Ertalabki badantarbiya uchun kamida 10 daqiqa vaqt ajratishingiz kerak. Shuningdek, uyqu ham inson salomatligi uchun o’ta muhim.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #prostatit

Aloqador xabarlar