Bosh og‘rig‘ini dorisiz qoldirishning samarali usullari

Bugungi dasturimizda xalq tabobati yordamida qanday qilib bosh og’rig’ini qoldirish mumkin? shularga to’xtalib o’tamiz.

1720826
Bosh og‘rig‘ini dorisiz qoldirishning samarali usullari

 

Turmush tarzi, kundalik muammolar, ishdagi asabiylashish, jamiyat va atrofdagilardan ko‘ngil to‘lmasligi bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, kofein miqdorini oshirib yuborish va uyqusizlik ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Kelib chiqish sababi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, og‘riq salomatlikda muammo borligi yoki tashqi ta’sirdagi nimadir organizmga yoqmayotganidan dalolat beradi. Bunday holda shifokor ko‘rigiga yozilish va gap nimada ekanligini bilib shunga asosan davo choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bugungi dasturimizda xalq tabobati yordamida qanday qilib bosh og’rig’ini qoldirish mumkin? shularga to’xtalib o’tamiz.

Albatta, quyida keltirilgan retseptlar og’riqni yo’qotish uchun 100% kafolat emas, lekin ular ko’pincha sezilarli yengillikni baxsh etadi va sog’lig’ingizga zarar yetkazmaydi.

OG’RIQQA QARSHI AROMATERAPIYA

Lavanda moyi:  Qadim zamonlarda turli xil o’simliklarning efir moylari hidi ko’plab kasalliklarni davolashda ishlatilgan. Bosh og’rig’ida lavanda xushbo’yligi bilan yordam beradi — u yengillik baxsh etadi, ruhiy zo’riqishni yumshatadi va tinchlantiradi, uxlab qolishga yordam beradi.

 

Yalpiz moyi: Agar siz lavandani yoqtirmasangiz, yalpiz samara berishi mumkin — u ham stressga barham berib, ba’zan bosh og’rig’iga javobgar nervlarni tinchlantiradi. Yalpiz moyini bosh terisiga o’n daqiqa davomida surtib, uqalash tavsiya etiladi. Yalpiz moyi bo’lmasa, yangi yalpiz barglarini qo’llashingiz mumkin: ularni yaxshilab ezib, chakka, bo’yin va peshonaga muloyimlik bilan surting.

Asal qo’shilgan yalpizli choy ichishingiz mumkin. Yoningizda yalpiz yoki lavanda moyi olib yuring, og’riqning dastlabki belgilarida uni oching va taxminan bir daqiqa hidlang.

 

Rayhon moyi: Rayhon moyi bosh og'rig'i  va kuchsiz mushaklar uchun samaralidir.

 

Zig'ir urug'i: Zig'ir urug'i omega 3 ga boy mahsulot bo’lib, u bosh og'rig'ini yengillashtiradi.

 

Turk qahvasi va choy: qahva va choy ham bosh og’rig’ini yengillatishga yordam beradi. Qahva tarkibidagi kafein bosh og’rig’ini biroz yumshatishi mumkin. Bir finjon turk qahvasi yoki choy iste’mol qilish og’riq qoldiruvchi xususiyati tufayli samarali bo’lishi mumkin. Biroq, meyordan ortiqcha iste’mol qilmaslik kerak.

 

NUQTALI VA UMUMIY MASSAJ

Anchadan buyon ma’lum: tananing muayyan (akupunktur )nuqtalarini bosib, ko’p alomatlarni tuzatish mumkin.

  • Bosh barmoq ko’rsatkich barmoq bilan uchrashadigan joyni massaj qiling. Barmoqlaringizni ikki tomonga yoying, agar uni bosgan paytda og’riq his qilsangiz, bu faol nuqtadir. Taxminan 5 daqiqaga massaj qiling, bosh og’rig’i tezda pasayadi.
  • Burunning ustidagi nuqtaning massaji bosh og’rig’ini kamaytirishga yordam beradi, ushbu nuqtani aniqlash uchun qosh chizig’i va burun chizig’i tutashgan joyni tasavvur qiling.
  • Ikki simmetrik nuqta bor — bu qoshlarning tugagan joylari, bir vaqtning o’zida ikkalasini ham massaj qilish kerak.
  • Soch o’sishi biroz burilgan burchakka ega bo’lgan nuqtalar, ikki barmoqlaringiz bilan bir vaqtning o’zida massaj qiling.
  • Ko’pincha, quloqning yumshoq qismini massaj qilish yordam beradi.
  • Bo’yinning soch o’sish qismi joyi, bo’yin umurtqasining ikki yonidagi chuqurchalarni bosish. Ushbu sohani aniqlash yanada osonroq bo’lishi uchun ko’ylak yoqasi mavjud deb tasavvur qiling, ana o’sha yoqa balandligida bo’yin umurtqasini toping.

 

Issiq dush: Agar bosh og’rig’i gripp yoki sinusit bilan bog’liq bo’lsa, yoki mushaklarning spazmi bilan bog’liq qon ayalnishining buzilishi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, boshning qon aylanishini normallashtirish kerak. Bunday maqsadda tomirlarni biroz kengaytirish talab etiladi va bo’yin sohasiga issiq suvli grelka qo’yish yoki issiq dush qabul qilish aynu muddaodir.

YORDAMCHI SOVUQ

Zo’riqish, allergiya, spazm yoki shamollash tufayli yuzaga kelgan bosh og’rig’ida sovuq yordam beradi. Muzni sochiqqa o’rang va sochiqni biroz namlab oling, so’ngra peshona va boshning ikki yon qismiga tuting. Agar boshning hamma joyi og’riyotgan bo’lsa, bo’yinga va yelkalarga qo’yishingiz mumkin.

TOZA HAVO

Ko’pincha bosh og’rig’i kislorod yetishmasligi tufayli yuzaga keladi, ayniqsa isitish mavsumida, isitgichlar bizga kerak bo’lgan kislorodni yoqib yuborganida. Bunday vaziyatlarda har soat 5 daqiqadan toza havodan nafas olish yoki yarim soat toza havoda sayr qilish bosh og’rig’ini samarali qoldirishi mumkin. 

SOG’LOM UYQU

Ko’pincha bosh og’rig’i uyquga to’ymaslik va ortiqcha charchash oqibatida kelib chiqadi. Bunday vaziyatda shunchaki yotib, ko’zingizni yuming, uyquga ketishga harakat qiling yoki hech bo’lmaganda bir necha soat mobaynida salqin xonada dam oling.

 

Bundan tashqari, uy sharoitida tabiiy tayyorlangan olma sirkasi, limon sharbati, qalampirmunchoq,  biberiya choyi, ko’k choy, romashka choyi va ihlamur choyi ham bosh og’rig’ini tindirishga yordam beradi.

Olma sirkasi: 1 stakan issiq suvga 1 choy qoshiq olma sirkasi qo'shing. Yaxshilab aralashtiring va iste’mol qiling.

 

Limon sharbati: Yarim limonni bir stakan issiq suvga siqib, aralashtiring va iste’mol qiling.

 

Qalampirmunchoq (gvozdika):  Bir stakan choyga 9-10 dona qalampirmunchoq tashlanadi va shakarsiz ichiladi.

 

Rozmarin choyi (Biberiye):  Migren og’rig’ini davolash uchun qaynatilgan bir stakan suvga bir choy qoshiq rozmarin solinadi va 10 daqiqa damlanadi. Ushbu shifobaxsh choy kunda ikki marta ovqatlanishdan keyin iste’mol qilinadi. Ushbu muolaja usulini 21 kun qo’llash tavsiya qilinadi.

 

Ko’k choy:  Ko‘k choy sog‘liqqa juda foydali bo‘lib, undan ayrim kasalliklarni oldini olish va davolashda qo’llaniladi. Ayniqsa, bosh og’riganda ko’k choy iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

 

Romashka choyi: R0omashka choyi stresga qarshi sokinlashtiruvchi xususiyati tufayli bosh og’rig’ini qoldirishi mumkin.

Valeriana ildizini qaynoq suvga solib, kuniga uch marta bir osh qoshiqdan ichishingiz mumkin, bu stress tufayli paydo bo’lgan bosh og’rig’iga yordam beradi.
Limon po’stlog’ini olib, og’riqli joyga qo’ying, og’riq o’tib ketadi.

Agar bosh og’riqlar doimiy ravishda kuzatilsa — shifokorga murojaat qilish kerak!

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #tabobat , #Bosh og'rishi

Aloqador xabarlar