Xalq tabobati -4

Dasturimizning bugungi sonida, ona sutini ko‘paytiruvchi tabiiy mahsulotlar haqida so‘z qilamiz.

1711674
Xalq tabobati -4

Emizish davrida ayol organizmi jismoniy, ruhiy va garmonal jihatdan o‘zgaradi. Shu bois ham bola emizgan ayollarda judayam nozik va stress holatlarini kuzatish mumkin. Shunday ekan ular iste’mol qiladigan taomlar sut mahsuldorligini orttirishi zarur.

Galaktogog; ko‘krak sutini ko‘paytirish deganidir. Ko‘krak sutini ko‘paytiruvchilar ya’ni, galaktogoglar ona suti kelishi va uning miqdorini orttiruvchi o‘simlik, oziq-ovqat va dori-darmonga berilgan umumiy nomdir. Bu moddalarning bir qismi sut ishlab chiqaruvchi gormonni orttirishiga qaramay ularning yirik qismining ta’sir qilish mexanizmi haligacha noma’lum. Aslida qadimdan beri an’anaviy oziq-ovqat va ichimliklar huddi shu maqsadda foydalanilgan.  

Bugungi kunda ham ko‘plab ko‘krak sutini ko‘paytiruvchilar, ko‘pchilik onalar tomonidan tanlanadi. Lekin oddiy sharoitlarda ko‘pchlik emizikli onalarning yetarli darajada suti bo‘ladi va sut ko‘paytiruvchi mahsultolarga ehtiyoj sezmaydi. Chunki sut miqdori arz talab mexanizmiga bog‘liq ishlab chiqiladi.   

Sut ko‘paytiruvchilar;

1.         Nima bo‘lishidan qat’iy nazar sutini ko‘paytirolmagan onalar,

2.         Prematur va ko‘p bolali onalar,

3.         Ko‘krak suti kesilgan sutni qaytarish maqsadida foydalaniladi.

Sut ko‘paytiruvchi moddalarga murojaat qilishdan avval mutlaqo laktatsiya bo‘yicha maslahatchi yoki shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim. Chunki hech qanday sut ishlab chiqaruvchi, sutni yakka o‘zi ko‘paytirolmaydi.

Ona sutini ko‘paytiruvchi tabiiy o‘simliklar haqidagi tavsiyalarimiz esa quyidagicha:

1.         Yangi oq uzum. Bir kunda ikki pors yangi oq uzum iste’mol qilish ona sutini ko‘paytiradi. 

2.         Ukrop. Ertalab nonushta va kechqurun kechki ovqatdan oldin iste’mol qilingan ukrop, ona sutini ko‘paytiradi.

3.         Anjir (yangi yoki quritilgan). Ona sutini ko‘paytirish uchun qaynatilgan quriq anjir suvini ichish ham foydalidir. Sakkiz-to‘qqista quritilgan anjir yarim litr xlorsiz suvda eng ko‘p on daqiqa qaynatiladi. Ikkiga bo‘lingan suv ertalab va kechqurun, ya’ni, bir kunda ikki mahal ichiladi.

4.         Anjir-sabzi. Yarim litr qaynayotgan xlorsiz suvga sakkiz-to‘qqiz dona quritilgan anjir ikkiga bo‘lib solinadi. Betini yopib, past olovda besh daqiqa qaynatiladi. Beshinchi daqiqadan keyin ichiga bir dona sabzi tilimlanib solinadi va beti yopiq ravishda past olovda uch daqiqa yana qaynatiladi. Iligach suziladi. Yigirma bir kun tushdan oldin va keyin och yoki to‘q qoringa bir stakandan ichiladi.    

5.         Yangi oq tut yoki

6.         Qaynatilgan yangi oq tut qoqisi iste’mol qilinish mumkin.

7.         Tut shinnisi. Tut shinnisi an’anaviy yo‘llar orqali, hech qanday qoshimcha moddasiz va yuqori darajadagi issiq oqimsiz tayyorlanishiga e’tibor berilishi kerak. Tabiiy va qo‘shicmhasiz bo‘lishi shart.

Yuqorida qayd etilgan mahsulotlardan foydalanishdan oldin quyidagi fikrlarni hisobga olish zarur:

1) Homilador ayollar va bola emizayotgan onalarning mavsumidan tashqari yetishtirilgan gormonli va gibritlangan urug‘li sabzavotlarni iste’mol qilmasligi juda muhimdir.

2) Bir vaqtning o‘zida birdan ortiqcha mahsulotdan foydalanmaslik darkor. Anjir-sabzi usulidan tashqari boshqa usullar muddati bir haftadir. Bir haftadan keyin takrorlashga ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa unda oldingidan boshqa mahsulotdan foydalanilishi lozim. Masalan: bir hafta yangi oq uzumdan foydalansangiz, keyingi hafta ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa unda bu gal ukrop yoki quritilgan anjirdan foydalanishingiz mumkin.

Yuqorida tavsiya qilingan mahsulotlardan tashqari:

•          Anis

•          Xurmo

•          Selderey,

•          Yangi selderey yaproqlari,

•          Qovoq,

•          Qulupnay,

•          Latuk salati,

•          Totim,

•          Arpabodiyon choyi,

•          Kress-salat,

•          Guruch,

•          Kunjut,

•          Yong‘oq, bodom, findiq,

•          Kunjut uni –sharbat,

•          Losos,

•          No‘xat kabi dukkali o‘simliklar,

•          Tuxum,

•          Yetarli miqdorda suv,

•          Yashil bargli sabzavotlar ham tavsiya qilinadi.

Ushbu mahsulotlarning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha yetarlicha tadqiqotlar bo‘lmasa-da, ko‘pincha onalar tomonidan afzal ko‘riladi. Bozorda bu sohada ko‘plab mahsulotlar mavjud. Bola emizgan onalar bu o‘simlik mahsulotlarini shifokorlari bilan maslahatlashgan holda ishlatishi tavsiya qilinadi.

Dastur muallifi: Doktor Mehmet Uchar.


Tanlangan kalimalar: #Galaktogog , #oan suti

Aloqador xabarlar