Limon va adachayining xususiyatlari

Uy sharoitida o‘zingiz va oila a’zolaringiz uchun mahsulotlardan oqilona foydalanishni bilish, ham vaqtingizni, ham naqtingizni tejashga xizmat qiladi. Chunki, eng katta boyligimiz— bu salomatlikdir. Uni asrash esa, o‘z qo‘limizda.

1701448
Limon va adachayining xususiyatlari

 

Dunyoda turli xil infektsiyalar tarqalib borayotgan shu kunlarda salomatlik inson hayoti uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini idrok etamiz. Mana shunday murakkab kunlarda sog’ligimizga qanchalik katta e’tibor bersak, o’zimizni shunchalik yaxshi himoya qilgan bo’lamiz. Shu sababli Turkiya ovozi radiosi to’lqinlarida sizlarga foydali maslahatlar berib borishga qaror qildik.

Bugun sizlarga tomoq og‘rig‘ini uy sharoitida davolash uchun bir qancha tavsiyalar bermoqchimiz.

Tomoq og‘rig‘i shamollashning eng ko‘p tarqalgan alomatlaridan biridir. Ushbu simptom keng ko‘lamdagi sezgilarga ega — tomoqning yengil qizishidan tortib to yutinishni qiyinlashtiradigan kuchli noqulaylikkacha. Aksariyat hollarda, ushbu holatlar yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishiga ham olib keladi.

Tomoq og'rig'ini davolashning eng muhim usullaridan biri bu limon sharbati bilan og’izni chayishdir.

Tomoqdagi og'riqni davolash uchun uy sharoitida olib boriladigan asriy davo - bu limon, zanjabil va asalning choy aralashmasidir. Zanjabil nafas yo'llarining balg'amini yumshatishga yordam beradi, asal va limon esa tomoqni tinchlantiradi. 

Yarim limonni bir stakan iliq suvga siqib oling. Bu bilan kuniga 3 yoki 4 marta og’izni chayqang.

Yana bir usul – tabiiy olma sirkasiga namlangan matoni tomoqqa yoki sochiq bilan o'rab kompres qiling, bu haqiqatan ham foydalidir.

Boshqa tomondan, bemorning oyog’iga sirka suviga namlangan matoni qo'yish kerak, mato qizigunicha u erda qolishi kerak, keyin uni olib tashlash va oyoqlarini quritib o’rab qo’yish kerak.

Boshqa usul - zerdeçal kukuni, zanjabil kukuni, juda oz miqdorda qora murchni bir osh qoshiq zaytun moyi bilan yaxshilab aralashtirib iste’mol qilishdir. Bu ayniqsa, gripp yoki anginadagi tomoq og’rishini yengillatadi.  Bundan tashqari, uy sharoitida tomoq og’rig’ini davolash uchun yangi siqilgan lavlagi sharbati bilan og'iz yuvish tomoq og'rig'ida juda foydalidir. Ikki soatda bir marta tomoqni karam bargi bilan o'rash ham juda foydali.

Tuzli suv bilan og’izni chayish ham og’riqni tindiradi, tomoqdagi infektsiyani davolashga yordam beradi. Tomoq og'rig'i ko'pincha yallig'langan shilliq pardalardan kelib chiqadi va tuz shishgan to'qimalardan namlikni chiqarishga yordam beradi, shu bilan birga tomog'ingizni bakteriyalardan tozalaydi.

Buni qanday qilish kerak: bir stakan iliq suvga bir choy qoshiq tuz solib aralashtirish kerak va ushbu namakop suvda og’izni chayish kerak. Suvni iliq qiling - u issiq bo'lmasligi kerak. Buni kuniga ikki yoki uch marta takrorlash kerak. Tuzli suv bilan og’izni chayish faqat kattalar uchun tavsiya qilinadi.

Adachayi uy sharoitida tomoq og’rig’ini davolashda muhim o’ringa ega. Adaçayı yani “Mavrak” labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar va yarim butalar turkumiga kiradi. Ushbu dorivor o’simlik asrlar davomida tibbiyotda keng ishlatilgan. Bu shamollash, gripp, angina infektsiyalari, shuningdek, mulk, tomoq yallig'lanishiga qarshi juda samaralidir. Uning bargi xalq tabobatida quvvatlantiruvchi, ovqat hazm qildiruvchi dori sifatida hamda yurak va buyrak kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi. Ayni vaqtda nafas olish yo’llarini tozalash xususiyatiga ham ega.

Qaynayotgan suvga adaçayı barglari solinadi va 10-15 daqiqa damlanadi. So'ngra barglar suzib olinib, iste’mol qilinadi. Agar ta’mini yoqtirmasangiz ozgina asal solishingiz ham mumkin.

“Agar siz bog'ingizga adaçayı ekgan bo'lsangiz, o’limga nima hojat?” Bu satrlar 13 asrda ushbu dorivor o’simlik haqida aytilgan so’zlardir. Botanika sohasida ushbu o’simlik “Salvia”, lotincha – “Salvere” ya’ni himoya qilish, muhofaza qilish degan ma’noni bildiradi.

Hatto, tarix kitoblarida misrliklar adachayini farzandlik bo’lish uchun ham iste’mol qilgani qayd etilgan. Antik Yunon va Rim davrida go’shtni saqlash uchun ham ishlatilgani yozilgan. Qolaversa, ushbu dorivor o’tning barglari quritilib, isiriq sifatida tutatilgani va bu shaklda uylar dezenfektsiya qilingani qayd etilgan.

Qadimgi davrlardan kunimizgacha ushbu dorivor o’simlik qaynatilib, choy sifatida iste’mol qilgan kishi osonlikcha betob bo’lmasligiga ishonilgan.

Kunimizda ham shamollash, gripp, tomoq og’irishi va ovoz xirillashiga qarshi ishlatiladi. Ayni vaqtda depressiya, xotira yo'qolishi, shuningdek, saraton va yurak kasalliklariga qarshi qalqon vazifasini bajaradi

Adachayi o’rta asrda vabo kasalligiga qarshi immunitetni kuchaytirishga olib kelgan “To’rt o’g’ri sirkasi” tarkibida ham borligi aytiladi. Asrlar davomida dori sifatida qo’llanilgan ushbu sirkaning nima uchun  “To’rt o’g’ri sirkasi” deb atalgani haqida shunday rivoyat aytilgan.

Rivoyatga ko’ra, 14-asrda Fransiyaning Marsiliya shahrida vafo kasalligi tarqaladi. Ushbu kasallik butun Yevropaga tarqaladi va 25 mln insonning o’limiga sabab bo’ladi. Kunlardan bir kun to’rtta o’g’ri aholisi vabodan vafot etgan qishloqlarda uy va do’konlarni talon-taroj qiladi, biroq o’g’rilar vabodan hech ta’sirlanmaydi. Rivoyatga ko’ra, o’g’rilar vabodan nobud bo’lgan xalqning mol-mulkini talon-taroj qilayotgan vaqtda qo’lga tushadi. O’g’rilarga o’lim jazosi beriladi, lekin vabodan qanday himoyalanganini aytsa, ushbu jazodan ozod etilishi aytiladi. Ular o’zlari tayyorlagan bir sirka bilan kuniga qo’llarini yaxshilab yuvayotganini va bu sirka bilan og’izlarini har kuni chayqayotganini aytadilar. Ulardan ushbu sirkani maydonda insonlarga qanday tayyorlashni ko’rsatib berishi talab qilinadi. Ana o’shandagina o’g’rilarning jazosi bekor qilinishi aytiladi. O’g’rilar sirkani qanday tayyorlashni ko’rsatib bergach, jazodan ozod etiladi.

O’sha kundan beri xalq orasida “To’rt o’g’ri sirkasi” deb atalgan ushbu sirka asrlar davomida juda ko’plab kasalliklarni davolashda ishlatilgan. Ushbu sirkaning tarkibida adachayi ya’ni, “Salvia” o’simligi mavjud.  Ushbu dorivor o’simlik qadim Anadoludan kunimizgacha keng qo’llanilib kelinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #limon , #Turkiya , #Adaçayı

Aloqador xabarlar