O‘zbekiston Qorabog‘da o‘tkazilgan prezident saylovlarini tan olmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qorabog‘da o‘tkazilgan saylovlar yuzasidan bayonot berdi.

2036152
O‘zbekiston Qorabog‘da o‘tkazilgan prezident saylovlarini tan olmaydi

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar  vazirligi  do‘st Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiy qo‘llab-quvvatlab rasmiy bayonot berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi do‘st Ozarbayjon Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiy qo‘llab-quvvatlaydi, uning ichki ishlariga har qanday aralashuvni qoralaydi va 2023 yil 9 sentyabr kuni Qorabog‘da o‘tkazilgan qo‘shtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi”, - deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.

Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovi deb atalayotgan jarayon jahon hamjamiyati tomonidan ham keskin qoralandi.

Xususan, Yevropa Ittifoqi, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar va Ukraina prezidentlik saylovini va saylangan nomzodni tan olmasligini e’lon qildi.

Eslatish joizki, 9 sentyabr kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi parlamenti prezident sifatida Samvel Shahramyan nomzodini ko‘rsatdi. Yopiq ovoz berishda Shahramyan 22 nafar deputatning ovozi bilan “g‘olib bo‘ldi”.


Tanlangan kalimalar: #Tog'li Qorabog' , #Ozarbayjon , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar