Bishkekda TDT Energetika vazirlarining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yigʻilishda TDTga aʼzo davlatlar va kuzatuvchilarning energetika vazirlari va yuqori mansabdor shaxslari, shuningdek, TDT Bosh kotibi ham ishtirok etdi.

2188496
Bishkekda TDT Energetika vazirlarining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

Shu yilning 16-sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining Energetika bo‘yicha mas’ul vazirlarining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yigʻilishda TDTga aʼzo davlatlar va kuzatuvchilarning energetika vazirlari va yuqori mansabdor shaxslari, shuningdek, TDT Bosh kotibi ham ishtirok etdi.

Jumladan, Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbazov, Qozog‘iston energetika va tabiiy resurslar vazirining birinchi o‘rinbosari Sungat Esimxonov, O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Baxtiyor Mamatkarimov, Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Petr Starai, TDT Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev, Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri o’rinbosari Ahmet Berat Chonkar, shuningdek, Vengriya, Ozarbayjon va Qozog'iston elchilari hamda kuzatuvchi a'zo davlatlar vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda TDTga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlash, texnologiyalar va yashil energetika bo'yicha tashabbuslar mintaqaviy markazini tashkil etish, energetika xodimlari oʻrtasida har yili kasbiy mahorat tanlovlarini tashkil etish, energetika vazirlarining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish joyini belgilash kabi masalalar muhokama qilindi va energetika sohasidagi turli muammolar va takliflar ko'rib chiqildi.

Qirgʻiziston energetika vaziri Ibrayev oʻz nutqida mazkur uchrashuv Turkiy davlatlar oʻrtasida energetika sohasidagi hamkorlik va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi navbatdagi qadam boʻlganini taʼkidlab, energetika sohasini umumiy rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun ularga minnatdorchilik bildirdi. 

Ibrayev Turkiy davlatlarning energetika vazirliklariga energiya yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va istiqbolli energetika loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishni taklif qildi.

Ishtirokchilar, shuningdek, mintaqaviy texnologiyalar va yashil tashabbuslar markazini tashkil etish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanligini bildirdilar.

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasida elektr energiyasi yetkazib berish va ayirboshlash sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini qayd etdilar.

Tadbir yakunida deklaratsiya imzolandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Bishkek , #TDT

Aloqador xabarlar