O‘zbekiston va Germaniya o'rtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

Germaniya federal kansleri Olaf Shols O'zbekistonga tashrif buyurdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya federal kansleri Olaf Shols ishtirokida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.

2187714
O‘zbekiston va Germaniya o'rtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

 

Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida Migratsiya sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi.

Bu haqda Germaniya Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.

Qayd etilishicha, Germaniya federal kansleri Olaf Shols O'zbekistonga tashrif buyurdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya federal kansleri Olaf Shols ishtirokida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. 

Unda Migratsiya sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim ahamiyatga molik xususlardan biri bo’ldi.

Ikki davlat o'rtasida imzolangan migratsiya kelishuvi ishchi kuchi va malakali ishchilar migratsiyasini kuchaytirish, Germaniyada qolish huquqiga ega bo‘lmaganlarni vataniga qaytarish bo‘yicha yaqin hamkorlikni o‘z ichiga oladi.

"Germaniyada qolish huquqiga ega bo'lmagan odamlarning vataniga qaytarilishini samarali amalga oshirish tartibsiz migratsiyani cheklash nuqtai nazaridan muhim. Buning uchun yaxshi qoidalar haqida kelishib oldik. Boshqa tomondan, Oʻzbekistondan kelgan malakali ishchilar uchun mehnat bozorimizni yaxshilash muhim va biz Germaniyada taʼlim va oliy taʼlim olish imkoniyatlarini taklif qilamiz. Axir, bizga zudlik bilan koʻplab sohalarda xorijdan yaxshi maʼlumotli ishchi kuchi va malakali ishchilar kerak",- dedi Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fayzer.

Germaniya federal kansleri Olaf Shols O'zbekistondagi bayonotida, "Ushbu kelishuv biz hozir dunyoning ko'plab mamlakatlari bilan bosqichma-bosqich tuzmoqchi bo'lgan kelishuvlar namunasini taqdim etadi. Biz Germaniyaga kerakli ishchi kuchi migratsiyasini osonlashtirmoqdamiz. Shunday qilib, bizning iqtisodiyotimiz o'sishi mumkin, shu bilan birga, qaytishga muhtoj bo'lganlar buni amalga oshirishi mumkin. Biz oddiy, byurokratik tartib-qoidalarga rozimiz”,-dedi.

Germaniya avvalroq, Keniya, Gruziya, Hindiston, Kolumbiya va Marokash bilan ham xuddi shunday shartnoma imzolagandi.

 



Aloqador xabarlar