Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidentligiga qayta saylandi

Markaziy saylov komissiyasi raisi rasman Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

2009077
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidentligiga qayta saylandi

 

O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovining dastlabki natijalarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, prezident saylovida 15,6 mln kishi, ya’ni saylovchilarning 79,8 foizi qatnashgan.

Shavkat Mirziyoyevga 13 mln 625 mingdan ortiq saylovchi (87,5 foiz) ovoz bergan. MSK raisi rasman Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Dastlabki natijalar:

O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyev — 87,5 foiz;

XDPdan nomzod Ulug‘bek Inoyatov — 4,2 foiz;

"Adolat" SDPdan nomzod Robaxon Mahmudova — 4,43 foiz;

Ekopartiyadan nomzod Abdushukur Hamzayev — 3,74 foiz.


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar