O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Hatayda tibbiy yordam ham ko'rsatmoqda

6-fevral kuni sodir bo‘lgan va epitsentri mamlakatning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi ortidan qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

1946434
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Hatayda tibbiy yordam ham ko'rsatmoqda

O‘rtayer dengizi, Sharqiy Anado‘li va Janubi-Sharqiy Anadolu mintaqalarida 10 ta viloyatga ta’sir qilgan yer silkinishi ortidan dunyoning to‘rt burchagidan kelgan qidiruv-qutqaruv guruhlari mintaqadagi faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Shular qatorida O‘zbekistondan Turkiyaning Hatay viloyatiga kelgan 200 nafar askardan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi, vayronalar ostidagi ko‘plab insonni qutqarishga ulgurdi.

O‘zbek askarlari qutqaruv ishlari bilan bir qatorda Sovet ittifoqining Afg‘onistonga bostirib kirishi munosabati bilan bundan 40 yil muqaddam Turkiyaga kelgan o‘zbeklar istiqomat qiluvchi Antakya tumanining Ovakent mahallasida dala gospitalini tashkil etdi. U yerda, ko‘plab yer silkinishidan ziyon ko‘rganlarning davolanishiga yordam bergan guruhning mintaqadagi faoliyati davom etmoqda.



Aloqador xabarlar