Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mezbonligida bo'lib o'tadigan sammitga Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Qozogʻiston prezidentlar darajasida, kuzatuvchi davlat maqomiga ega Vengriya esa bosh vazir darajasida ishtirok etadi.

1904195
Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi

 

11-noyabr kuni O‘zbekistonning Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xalqaro sammitga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mezbonlik qiladi.

Sammitga aʼzo davlatlar Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Qozogʻiston prezidentlar darajasida, kuzatuvchi davlat maqomiga ega boʻlgan Vengriya esa bosh vazir darajasida ishtirok etadi.

“Turk tsivilizatsiyasining yangi davri: Birgalikda rivojlanish va farovonlik sari” mavzusida o'tkaziladigan anjuman, TDT kun tartibi muhokama qilinadigan, davlat rahbarlari bir qator qarorlar qabul qiladigan, iqtisodiyot, savdo, transport va bojxona sohalarida TDT loyihalari bilan bog'liq turli kelishuvlar va rasmiy hujjatlar qabul qilinadigan platforma yaratadi.

TDTning oliy darajadagi platformasi boʻlgan Davlat rahbarlari sammitida yetakchilar aʼzo va kuzatuvchi davlatlar oʻrtasidagi turli sohalardagi hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qiladilar, mintaqa va undan tashqaridagi siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar yuzasidan fikr almashadilar.

Tashkilot raisligi Turkiyadan O‘zbekistonga o‘tadi. Mazkur sammit dasturi yakunida yetakchilar bir qator qarorlar bilan Samarqand deklaratsiyasini imzolaydilar, jumladan TDT Kotibiyatiga rahbarlar tayinlanadi.

TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi ertaga 10 noyabr kuni Samarqandda sammit kun tartibidagi masalalar va davlat rahbarlari tomonidan imzolanadigan hujjatlar boʻyicha yakuniy ishlarni amalga oshirish uchun yigʻiladi.

Tadbirda Samarqand sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #TDT , #Samarqand

Aloqador xabarlar