Anqarada Turkiya va Markaziy Osiyo ayollari huquqi bo'yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida FAO - Turkiya hamkorlik dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda Tojikiston va O‘zbekiston ishtirokchilari onlayn tartibda ishtirok etdi.

1872702
Anqarada Turkiya va Markaziy Osiyo ayollari huquqi bo'yicha seminar bo‘lib o‘tdi

 

Anqarada “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi: Turkiya va Markaziy Osiyo qishloq ayollari faolligini oshirish hamda huquq va imkoniyatini kengaytirish” loyihasi bo‘yicha birinchi mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida FAO - Turkiya hamkorlik dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda Tojikiston va O‘zbekiston ishtirokchilari onlayn tartibda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo‘lim rahbari o‘rinbosari Nabira Jumayeva FAOga qishloq birlashmalarida gender tenglik targ‘ibotiga qaratilgan faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, qishloq ayollariga teng iqtisodiy imkoniyat taqdim etish Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashishiga ishonch bildirdi.

Turkiyada loyiha kamida uch viloyatda tajriba tadbirlari amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Tojikiston va O‘zbekistonda esa asosiy e’tiborni dalillar va chuqur gender tahlilga asoslangan siyosat olib borish, loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish uchun qaror qabul qiladigan shaxslarning bilim olishi, salohiyatini oshirishiga yo‘naltiriladi. Qishloqlardagi ayollarning huquqi va erkinligini kengaytirish hamda ijtimoiy inklyuziv agro oziq-ovqat tizimi sohasida ilg‘or tajribani mashg‘ulotlar orqali bo‘lishish maqsadida barcha uch mamlakat benefitsiarlarini birlashtiradi.
Ushbu seminar ayni yo‘nalishda tashlangan ilk qadamdir.

Ayollar, ayniqsa, qishloq ayollari ta’lim resursi va bandlik imkoniyatidan foydalanishda duch keladigan tizimli to‘siqlar haqida gapirar ekan, Markaziy Osiyo bo‘yicha kichik mintaqaviy koordinator, FAOning Turkiyadagi vakili Viorel Gutu tuzilma qishloq ayollari chuqur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanini tasdiqladi.
Anjuman loyiha jamoasiga tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish maqsadida dastlabki qadamlarni muhokama qilish uchun tuman bo‘limlari vakillari bilan uchrashish imkonini ham berdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #FAO

Aloqador xabarlar