Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar boshlandi

Bu haqda Farg'ona hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:50da Farg'ona-Istanbul yo'nalishi bo'yicha birinchi reys amalga oshirildi.

1612098
Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar boshlandi

 

“Uzbekistan Airways” Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshira boshladi.

Bu haqda Farg'ona hokimligi matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:50da Farg'ona-Istanbul yo'nalishi bo'yicha birinchi reys amalga oshirildi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining ma’lum qilishicha, bugun 31 martdan boshlab Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar boshlandi.

31 martdan boshlab, haftaning har chorshanba va shanba kunlari:

  • Farg‘ona — Istanbul (uchish — 08:50, qo‘nish — 12:30)
  • Istanbul — Farg‘ona (uchish — 14:00, qo‘nish — 20:50) qatnovlari amalga oshiriladi.

 

Eslatma: “Uzbekistan Airways”28 martdan boshlab Urganch -Istanbul –Urganch yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshira boshlagandi.

28-martdan boshlab, haftaning har yakshanba kuni:

  • Urganch — Istanbul (uchish — 09:30, qo‘nish — 11:50)
  • Istanbul — Urganch (uchish — 13:20, qo‘nish — 19:05) qatnovlari amalga oshirilmoqda.

 

O’zbekiston havo yo’llari ayni vaqtda, har kuni Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi koronavirus pandemiyasi sababli vaqtincha to’xtatilgan Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanganligi haqida xabar berdi.

Parvozlar 29-martdan haftasiga 3 marotaba dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi:

Samarqand-Istanbul (uchish — 20:05, qo‘nish — 23:05)

Istanbul-Samarqand (uchish — 00:35, qo‘nish — 06:50)



Aloqador xabarlar