Armaniston qo’shini Ozarbayjon qo’shini pozitsiyalariga va aholi punktlariga o’t ochdi

Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonotiga ko'ra, Armaniston qo’shini o’t ochishni to’xtatish rejimi kuchga kirishiga qaramay, takror Ozarbayjon qo’shini pozitsiyalariga hujum qilmoqda. To’qnashuvlar frontning Xojavend va Fuzuliy territoriyalarida ketmoqda.

1516611
Armaniston qo’shini Ozarbayjon qo’shini pozitsiyalariga va aholi punktlariga o’t ochdi

 

Armaniston qo’shini o’t ochishni to’xtatish rejimi kuchga kirishiga qaramay, takror Ozarbayjon qo’shini pozitsiyalariga va aholi punktlariga o’t ochdi.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, to’qnashuvlar asosan frontning Xojavend, Fuzuliy va Gubadli territoriyalarida davom etmoqda.

Ozarbayjon harbiylari Armaniston qo’shinining hujumlariga javob choralari qo’llamoqda, zarbalarda katta yo’qotishlarga uchragan Armaniston qo’shini ortga chekinmoqda.

Janglarda Armaniston qo’shinining 18-piyoda diviziyasi Ozarbayjon qo’shini tomonidan yo’q qilindi. O’ldirilgan arman askarlar orasida diviziya boshlig’ining ham borligi aniqlandi.

Frontning boshqa tomonida Armaniston qo’shiniga oid 1ta T-72 tank, 4ta D-30 va 3ta D-20 pushka, 1ta zenit raketa majmuasi, 1ta Grad raketa tizimi, 1ta radar stansiyasi va 6ta harbiy transport yo’q qilindi. Ko’plab arman askar o’ldirildi.

Ozarbayjon qo’shini front zonasi bo’ylab nazoratni qo’lga olgan vaziyatda.

Eslatma: Kecha, 26 oktyabr kuni Ozarbayjon bilan Armaniston Tog’li Qorabog’da navbatdagi o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuvga erishgandi. U kecha mahalliy vaqt bilan soat 08:00da rasman kuchga kirgandi. Ushbu kelishuv Ozarbayjon bilan Armaniston o’rtasidagi yarashuvga uchinchi urinish edi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar