Jeenbekov parlament saylovidan keyin o‘z vazifasidan ketmoqchi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlament saylovidan keyin o‘z vazifasidan ketmoqchi.

1509191
Jeenbekov parlament saylovidan keyin o‘z vazifasidan ketmoqchi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlarining o‘tkazilishi va prezidentlik saylovi e’lon qilinishi ortidan o‘z vazifasidan ketishi haqida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Tolgonay Stamaliyeva, Prezident Jeenbekov bilan Bosh vazir Sadir Japarovning uchrashuvi haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Ushbu bayonotga ko‘ra Bosh vazir Japarov Prezident Jeenbekov bilan bo‘lgan uchrashuvda prezidentning iste’foga chiqishini talab qilgan. Jeenbekov esa, bundan keyingi voqealarning davlatga qarshi tahmin qilinishi murakkab senariylarga yo‘l ochish ehtimoli borligini nazarda tutgan holda, hozircha o‘z vazifasidan ketmasligini bildirgan.

Stamaliyeva, Jeenbekovning o‘z vazifasidan parlament saylovlarining o‘tkazilishi va prezidentlik saylovi e’lon qilinishi ortidan ketishi haqida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar