Vladimir Zelenskiy davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo'ldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ozarbayjonga tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

1325400
Vladimir Zelenskiy davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo'ldi
Zelenskiy-Aliyev.jpg

 

Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi (SOCAR) Ukrainadagi faoliyatini kengaytirmoqchi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ozarbayjonga tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Ikki davlat o’rtasida bir qator shartnomalar imzolangach, qo’shma matbuot anjumani o’tkazildi.

Ilhom Aliyev anjumanda so’zga chiqib, Ukraina prezidenti bilan Ozarbayjon va Ukraina o’rtasidagi savdo hajmini yanada oshirish va qo’shma sarmoyali investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi xususlarda fikr almashganligini ma’lum qildi.

Aliyevning ta’kidlashicha, uzoq yillar mobaynida Ukrainada faoliyat ko’rsatayotgan SOCAR kompaniyasi u yerdagi faoliyatini kengaytirishi va bu mavzuda qat’iy tashabbus ko’rsatishga kelishib olingan.

Bundan tashqari, Aliyev Ukraina bilan Ozarbayjon o’rtasida qishloq-xo’jaligi va turizm sohalari bo’yicha aloqalarni rivojlantirish istagini tilga oldi.

Zelenskiy esa, Ozarbayjon va Ukraina mashaqqatli kunlarda bir-birini qo’llab-quvvatlaganligini, Ozarbayjon Ukraina uchun doimo ishonchli do’st va strategik sherik ekanligini qayd etdi.

Ozarbayjon kompaniyalarini Ukrainadagi xususiylashtirish jarayoniga faol hissa qo’shishga chaqirgan Zelenskiy: “SOCAR 10 yildan buyon Ukrainada muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Biz ham neft va tabiiy gaz mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni yetkazish bo’yicha qo’limizdan kelgancha yordam berishga tayyormiz”,-dedi.

Ikki davlat o’rtasida transport va aviatsiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash to’g’risida qaror olinganligini ma’lum qilgan Zelenskiy, Aliyev bilan hamkorlikda samolyot ishlab chiqarish xususini muhokama qilganligini bildirdi.

Shuningdek, prezidentlar Zelenskiy va Aliyev Tog’li Qorabog’ muammosini va Ukraina sharqidagi vaziyatni muhokama qilishgan.

Yetakchilar ikki mamlakatning o’zaro hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga hurmat ko’rsatib, bir-birini qo’llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

 



Aloqador xabarlar