O’zbekistonda keng ko'lamli harbiy mashg‘ulotlar o'tkazildi

Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov “Chirchiq” dala-o‘quv maydonida o’tkazilgan harbiy mashg’ulotlarni kuzatib bordi.

1097327
O’zbekistonda keng ko'lamli harbiy mashg‘ulotlar o'tkazildi

O’zbekiston mustaqillikka (1991 yil 1 sentyabr) erishgandan buyon birinchi bor keng ko’lamli harbiy mashg’ulotlarni amalga oshirdi.

Bu haqda O’zbekiston mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Mamlakat tarixida ilk marta amalga oshirilgan bunday keng ko’lamli harbiy mashg’ulotlar prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan o’tkazildi”,-deyiladi bayonotda.

“Chirchiq” dala-o‘quv maydonida o’tkazilayotgan harbiy mashg’ulotlar 4 bosqichdan iborat bo’lib, 5 kun davom etadi.

Amaliy harbiy mashg‘ulotlarda O’zbekiston milliy armiyasining salohiyati, qurol-aslahasi, harbiy texnikasi, turli qurol namunalarini amalda sinash va armiyaning harbiy tayyorgarligini ko’zdan kechirish maqsad qilingan.

Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov “Chirchiq” dala-o‘quv maydonida o’tkazilgan harbiy mashg’ulotlarni kuzatib bordi.

Askarlar bilan suhbatlashgan Shavkat Mirziyoyev muvaffaqiyatli ishtirokchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirdi.

O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonga qo’shni davlatlarni “Chirchiq” dala-o‘quv maydonida o’tkazilgan harbiy mashg’ulotlar to’g’risida oldindan xabardor qildi.

 



Aloqador xabarlar