Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Ozarbayjonga safar qiladi

Mavlud Chavushog’li Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va bosh vazir Navro’z Mammedov tomonidan qabul qilinadi.

1016937
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Ozarbayjonga safar qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li 24 iyul seshanba kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga jo’nab ketadi.

Mazkur ziyorat ikki davlat o’rtasidagi strategik va ko’p qirrali munosabatlarni yaqindan qiziqtirgan o’zaro, mintaqaviy va xalqaro masalalar haqida fikr almashishga katta imkon yaratadi.

Shuningdek, Chavushog’lining ziyorati Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning 10 iyul kuni Ozarbayjonga tashrifi chog’ida kelishilgan masalalarni amalda ijro etish jihatidan ham unumli bo’lishi nazarda tutilmoqda.

Mavlud Chavushog’li tashrif doirasida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov bilan uchrashadi, shuningdek prezident Ilhom Aliyev va bosh vazir Navro’z Mammedov tomonidan qabul qilinadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar