Ozarbayjon armiyasi bugun keng ko’lamli harbiy mashg’ulotini boshladi

Tog’liq hududlarda olib borilayotgan harbiy mashg’ulotda 15 ming askar ishtirok etmoqda.

809131
Ozarbayjon armiyasi bugun keng ko’lamli harbiy mashg’ulotini boshladi

Ozarbayjon armiyasi bugun keng ko’lamli harbiy mashg’ulotini boshladi.

Harbiy mashg’ulotlarga 15 ming askar qatnashmoqda.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning buyrug’iga binoan, turli qo’shin bo’linmalari ishtirokida keng ko’lamli harbiy mashg’ulotlar boshlandi”,-deyiladi bayonotda.

 Tog’liq hududlarda olib borilayotgan harbiy mashg’ulotda 15 ming askar ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, mashg’ulotga 150 tank va zirhli vositalar, 120 xil raketa va minomyot sistemalari, 20 samolyot va vertolyot, radioelektronik kashfiyotning yangi avlod vositalari hamda uchuvchisiz havo vositalari qatnashmoqda.

Harbiy mashg’ulot 22 sentyabrgacha davom etadi.

 

 



Aloqador xabarlar