O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan tovar aylanmasini yiliga 500 mln dollarga yetkazish...

5-sentabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishbilarmon doiralari Bishkekda biznes-forum o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily. Unda O‘zbekistonning 20 dan ortiq va Qirg‘izistonning 40 dan ortiq kompaniyalari qatnashdi.

801915

Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti  Marat Sharshekeyev savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ikki mamlakatda iqtisodiy imkoniyatlar borligini ta’kidladi.

“2017-yilning birinchi yarim yilligida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi ikki marta ko‘paydi, yil oxirigacha bu raqam 280 million dollarga yetishini kutmoqdamiz”, — dedi u.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov O‘zbekiston biznesi qirg‘izistonlik hamkasblari bilan hamkorlik uchun ochiq ekanligini aytdi.

“Biz kon-ruda korxonalari mahsulotlarini import qilishga, konditer mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika ishlab chiqarish, avtomobil shinalarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalar yaratishga tayyormiz. O‘zbekiston Strategiyasida qo‘yilgan vazifalardan biri — Qirg‘iziston bilan yillik tovar aylanmasini 500 million dollargacha ko‘paytirish, va fikrimcha, bunga bemalol erishish mumkin”, — dedi u.

Aloqador xabarlar