ShKTR kecha “Tinchlik va erkinlik bayrami”ni tantanali ravishda nishonlandi

Kipr tinchligi uchun amalga oshirilgan harbiy harakatning 43-yilligi munosabati bilan kecha 20-iyul kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasida “Tinchlik va erkinlik bayrami” tantanali ravishda nishonlandi.

774870
ShKTR kecha “Tinchlik va erkinlik bayrami”ni tantanali ravishda nishonlandi

Kipr tinchligi uchun amalga oshirilgan harbiy harakatning 43-yilligi munosabati bilan kecha 20-iyul kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasida “Tinchlik va erkinlik bayrami” tantanali ravishda nishonlandi.

Bayram tadbirida Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim ham ishtirok etdi.

Tadbir ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji va Bosh vazir Binali Yildirimning poytaxt Lefkoshaning Girne darvozasida o’rnatilgan “Ataturk” nomidagi yodgorlikga gulchambar qo’yishlik bilan boshladi.

Yildirim tadbirda so’zlagan nutqida, orol muammosining odilona ravishda hal qilinishi uchun ona vatan va kafil mamlakat sifatida Turkiyaning zimmasiga tushgan barcha vazifalarini bajarganligini lekin grek tomonidan kutilgan javobning kelmaganligini qayd etdi.  

Yildirim,

“Turkiya O’rta yer dengizining sharqidagi energiya resurslarini hamkorlik uchun bir imkon deya baholamoqda lekin grek tomonining bir tomonli say-harakati bevaqt va xavflidir. Qolaversa ig’vogarchilikka chorlovchi mohiyatdadir” dedi.  

Shuningdek Yildirim, Turkiyaning Kiprdagi turk xalqining O’rta yer dengizining sharqidagi haq-huquq va manfaatlarini himoya qilishni davom ettirajagini eslatib, barcha tomonlarni javobgarchilikga undadi.  

Mustafa Akinji bilan Binali Yildirim yodgorlikdagi maxsus daftarchaga qo’l qo’yar ekan unda Bosh vazir Binali Yildirim;

“Kipr turk xalqi, qadrli liderlari yetakchiligida zamonaviy madaniyat tomon har doim ular yonida bo’lgan va onavati hisoblangan Turkiya Respublikasining qo’llab-quvvatlashi bilan qarorli shaxdam qadamlar ila ilgarilamoqdadir” deb yozdi.

Tadbirda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Huseyin O’zgurgun, Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li va Prezidentlik apparati Bosh kotibi Fahri Kasirga ham ishtirok etdi.

 

 



Aloqador xabarlar