Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 29-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Kipr muzokaralari va uning mintaqaga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

774324
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 29-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari,

Kipr muammosi dunyoning uzoq vaqtdan beri hal qilinolmagan muammolaridan biri hisoblanadi. O’rta yer dengizining o’rtasidagi bu strategik orol, oxirgi kunlarda takror global bir masala sifatida dunyo ommaviy axborot vositalarining muhim kun tartibi masalasiga aylandi. Aslida olib qaraganda yaqinda muammo hal qilinayotgandek edi. Agar esingizda bo’lsa 2005-yili Kofi Annan rejasi ustidan referendum o’tkazilgan edi lekin jarayon muvaffaqiyatli natija bermagan. Unda Kiprning turk tomoni “ijobiy” ovoz berar ekan grek tomoni esa “salbiy” ovoz berdi. Bunga qaramay Yevropa ittifoqi greklarni mukofatlantirdi. Shu doirada diplomatik shartnomalarga nazar-pisand qilmay YI Kiprni o’z tarkibiga qo’shib oldi.   

Oxirgi marotaba BMT Bosh kotibining Kipr masalalari bo’yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eidening kuzatuvida 28-iyun kuni Kipr muzokaralari takror boshladi. Roppa-rosa to’qqiz kun davom etgan ushbu muzokara natijasiz yakunladi. Uchrashuvlarda qabul qilingan yashirin qaroriga Turkiya, ShKTR va Angliya to’liq amal qildi. Lekin Gretsiya bilan Kiprning gerek tomoni turk tomonining takliflariga qo’shimchalar kiritib, yashirin ravishda matbuotga tarqatdi. Bu yo’l orqali turk tomonini ig’vo qilishga harakat qildi. Kiprning grek tomoni kamiga, muzokara davom etar ekan BMTning yashirin qabul qilgan qaror hujjati bilan ma’lumotlarni BMT va Kiprning turk tomonidan oldin, o’z boshicha o’z matbuotiga qalbakilashtirgan holda yetkazib berdi.

Turk tomoni psihologik ustivorlikni birinchi kundan beri o’z qo’lida tutdi. Takliflarni yashirin ravishda tarqatish o’rniga faqatgina BMT Bosh kotibi Antonio Guterresga yetkazdi. Ommaviy axborot vositalari ustidan kurashish o’rniga Bosh kotib va BMT ustidan til topishish uchun kerakli strategiyalarni kuzatib bordi.

Shuning uchun ham bu galgi muzokaralarda muammoning hal bo’lishi kutildi. Chunki Kipr muammosining hal bo’lishi uchun faqatgina Kiprning turk va grek tomoni emas ayni vaqtda kafil mamlakatlardan Turkiya, Gretsiya va Angliya ham uzoq vaqt ortidan BMT Bosh kotibi kuzatuvida Shveytsariyada uchrashuv o’tkazdi. Lekin bu uchrashuvlar eng oxiri Kiprning grek tomonining kelishuvdan bosh tortishi bilan puchga chiqdi.

Kipr muammosini hal qilishdagi eng katta to’siqlik grek tomonining Turkiyaning kafil mamlakat bo’lishdan bosh tortib, oroldagi askarlarini olib ketishi borasidagi irratsional talablarida oyoq tirashi bilan tushintirilishi mumkin. Bu masala tabiiy olaroq Turkiyaning qizil chizig’i hisoblanadi. Chunki Kiprdagi voqealar oroldagi turklarning mavjudligini faqatgina Turkiyaning kafilligi va harbiy kuchlar orqali qo’llab-quvvatlashi bilan ta’minlay olishini ko’rsatdi. Esingizda bo’lsa 1974-yili Kiprdagi kelishuvlarga to’g’ri kelmaydigan vaziyatda “Enozis” deb nomlangan va Gretsiya bilan birlashish g’oyasini nazarda tutgan g’oyani qo’llab-quvvatlaganlar tomonidan harbiy to’ntarish uyushtirildi. Oqibatida esa turklar qatl etildi. Shunga qaramay Angliya hech nima degani yo’q. Holbuki Angliya kafil mamlakatlardan biri edi. Boshqa jihatdan olib qaraganda Yevropa ittifoqining Bosniya, Kosova va Ukraina kabi yaqin atrofida yuz bergan harbiy to’qnashuv va qatliomlarga to’siqlik qilish borasida ko’rsatgan zaif va bo’shligi, istaksiz ekanligi aytmasak ham yaqqol ko’rinib turgan edi.     

Irqchi tushunchaga ega bo’lgan greklarning kelajakda xalqaro kon'yunktura natijasida paydo bo’ladigan biron-bir imkondan foydalanishiga to’siqlik qiladigan yakkayu-yakka kuch Turkiyaning kafilligi va Kiprdagi turk askarlarining mavjudligidir. Xalqaro hamjamiyat haqiqatdan ham Kiprning tinchligini xohlasa unda greklarni bu masalaga ko’ndirishi darkor.  

Kipr oroli Turkiyaning janubida o’rin olgan va Turkiya qirg’oqlariga judayam yaqin bir oroldir. Strategik o’rni, transport nuqtasi va yer osti kon boyliklari jihatidan O’rta yer dengizining eng muhim nuqtalaridan biri hisoblanadi. Rossiyaning O’rta yer dengizidagi faoliyati ortib, butun dunyo mintaqaga strategik o’rin sifatida qarar ekan, Turkiyaning Kiprdagi haq va huquqlaridan voz kechishini kutishlik to’g’ri emas albatta. Bu nuqtada Turkiyaning London va Zurich kelishuvlaridan bosh tortishining hech qanday ma’nosi yo’q.    

Bugungi kunda Kipr muammosini hal qilishning yo’lini topishlikning BMT parametrlari doirasida hech qanday imkoni qolmadi. Yangi siyosiy yo’llar va barcha tomon qabul qiladigan darajada yangi maqsadlarning infratuzilmasini asta-sekin barpo etishdan boshqa iloj yo’qdek. Oxirgi muzokaralarning natijasiz qo’lishi bilan batamom umidsizlikga tushmaslik kerak. Turklar Kiprda, sharafli millat sifatida yashash yo’llarini topadi va albatta buni muvafaqiyatli ravishda amalga oshiradi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar