Bakuda 4-Jahon madaniyatlararo dialog forumi o’tkazildi

Forumda so’zga chiqqan mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev islom dunyosini birdamlikka chaqirdi.

726429
Bakuda 4-Jahon madaniyatlararo dialog forumi o’tkazildi

Ozarbayjonning poytaxti Bakuda 4-Jahon madaniyatlararo dialog forumi o’tkazildi.

Forumda so’zga chiqqan mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev islom dunyosini birdamlikka chaqirdi.

“Ko’p madaniyatlilik bo’lmasa, bu dunyo yana ham katta tahlikalarga uchragan bo’lardi. Dunyoda bir qancha xavfli oqimlar mavjud. Ba’zi mamlakatlarda to’qnashuvlar, ichki urushlar hukm surmoqda. Buning sababi farqli madaniyatlar o’rtasida o’zaro murosaning yo’qligidir”,-deydi Ilhom Aliyev forumdagi ma’ruzasida.

U islom davlatlarida yuz bergan qiyinchiliklarga e’tibor qaratar ekan, “Islom dunyosida birlik va hamjihatlikka ehtiyoj bor. Afsuski, islom davlatlari asosan terrorizmdan jabrlanmoqda. Islomning terrorizmga qiyoslanishiga qarshimiz”,-dedi.

Ilhom Aliyev ma’ruzasida Armaniston-Ozarbayjon to’qnashuvi bilan Tog’liq Qorabog’ muammosiga ham to’xtalib o’tdi.

Uning aytishicha, Armanistonning ishg’oli natijasida 1 mln dan ortiq inson o’z vatanini tark etishga majbur bo’lgan.

BMT xavfsizlik kengashi tomonidan ishg’olni to’xtatishga qaratilgan 4 ta qarori mavjudligini eslatgan Ilhom Aliyev: “Armaniston bu qarorlarni mensimaydi. Ba’zan, BMT xavfsizlik kengashining qarorlariga faqatgina bir necha kun amal qiladi xalos. Bizga kelganda esa, 20 yildan beri qarorlar o’z kuchini ko’rsatmaydi. Bu yerda adolatsizlik mavjud. BMT xavfsizlik kengashining qarorlari o’z kuchini ko’rsatishi kerak”,-dedi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar