Almazbek Atambayev O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosarini qabul qildi

Atambayev Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik va yaxshi qo'shnichilik aloqalarini mustahkamlash bo'yicha choralarning ikki tomondan qo'llab-quvvatlanishiga ijobiy baho berdi.

654929
Almazbek Atambayev O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosarini qabul qildi

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayev kecha, 18 yanvar kuni O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, madaniyat, ta`lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza ishlari majmuasi rahbari Adham Ikromovni qabul qildi.

Uchrashuv chog’ida, Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayevga Qirg'iziston va O'zbekiston hukumatlari delegatsiyalari tomonidan qirg'iz-o'zbek chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarida fikrlar bo'yicha kelishib olish yuzasidan o'tkazilayotgan hamkorlikdagi ish haqida ma’lumot berildi.

Ushbu masala bo’yicha hamkorlikni jadallashtirish haqidagi kelishuv O'zbekiston va Qirg'iziston prezidentlari uchrashuvi natijasida yo’lga qo’yilgan edi. 

Uchrashuvda shuningdek, qirg'iz-o'zbek hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Atambayev Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik va yaxshi qo'shnichilik aloqalarini mustahkamlash bo'yicha choralarning ikki tomondan qo'llab-quvvatlanishiga ijobiy baho berdi. 

Uchrashuvda Qirg'iziston Bosh vaziri o'rinbosari Jyenish Razakov ham ishtirok etgan.



Aloqador xabarlar