O'zbekistonda 45,5% saylovchi prezidentlik saylovida ovoz berdi

Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentlik saylovida 9 million 300 ming 221 saylovi ovoz berdi.

623160
O'zbekistonda 45,5% saylovchi prezidentlik saylovida ovoz berdi

O'zbekistonda prezidentlik saylovi davom etmoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dagi ma’lumotlarga ko‘ra, prezidentlik saylovida 45,5% saylovchi ovoz berdi.

Yana ham aniqroq qilib aytiladigan bo'lsa, O‘zbekiston prezidentlik saylovida 9 million 300 ming 221 saylovi ovoz berdi.

Bu jami saylovchilarning (20,428 million) 45,5% demakdir.

Prezidentlik saylovi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, agarda saylovchilarning eng kamida 33%i ishtirok etgan taqdirda, saylov bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi.

Ovoz berish jarayoni 6:00 da boshlanib, 20:00 ga qadar davom etadi.

 

 



Aloqador xabarlar