O‘zbekiston va BAA o'rtasida davlatlaro shartnoma imzoladi

Shu yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining favqulodda va muxtor elchisi Mohammed Hareb Almehairbi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

615456
O‘zbekiston va BAA o'rtasida davlatlaro shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va BAA uchta davlatlaro shartnoma bo‘yicha bayonnoma imzoladi.

Shu yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining favqulodda va muxtor elchisi Mohammed Hareb Almehairbi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida davlatlararo shartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashinish to‘g‘risida bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bayonnoma jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida shartnomani, ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani, mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi sharnomani o‘z ichiga oladi.

Mazkur shartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan sanadan 30 kun o‘tib, ya’ni 2016-yilning 21-dekabrida kuchga kiradi.

 

 



Aloqador xabarlar