Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda...

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi munosabati bilan Toshkentda bo'lgan Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.

592560
Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda...

O'zbekiston va Qirg'iziston 2016-2017 yillar uchun hamkorlik dasturini imzoladi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun, 19 oktyabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi munosabati bilan Toshkent shahrida bo'lgan Qirg'iziston delegatsiyasi rahbari Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.

Suhbat chog'ida, O'zbekiston-Qirg'iziston hamkorligining dolzarb masalalari, ikki davlat kelajagining istiqboli muhokama qilindi.

Muloqot davomida, turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni va ularning samaradorligini faollashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta`kidlandi.

Uchrashuv yakunida, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida 2016-2017 yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Uchrashuvga Qirg'izistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidikov ham ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar