O'zbekiston va Saudiya Arabistoni 30 million evro qiymatida shartnoma tuzdi

Mazkur shartnomaga ko'ra, Saudiya O'zbekistonda turar joy binolari qurilishi uchun 30 mln evro ajratadi.

500404
O'zbekiston va Saudiya Arabistoni 30 million evro qiymatida shartnoma tuzdi

Saudiya O'zbekistonda turar joy binolari qurilishi uchun 30 mln evro ajratadi.

Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg'armasi va O'zbekiston hukumati o'rtasida 30 million evrolik qarz shartnomasi tuzildi.

Unga ko'ra, saudiyaliklar Qoraqalpog'istonda 668 ta namunaviy uylar qurilishi uchun 30 million dollar ajratishga tayyor ekanini bildirgan.

Bu saudiyaliklarning birinchi tashabbusi emas. O'tgan yilning o'rtalarida ham saudiyaliklar Xorazm viloyati qishloqlarida 959 ta namunaviy uylar qurilishi uchun 30 million dollar ajratgan edi. Namunaviy qurilish ishlarini kreditlashtirish loyihasida Islom Taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki ishtirok etmoqda.

Osiyo taraqqiyot banki O'zbekistonda 2012 yildan buyon bunday loyihalarga yordam berib keladi. Shu vaqtgacha jamg'arma tomonidan 492,5 mln dollar ajratilgan.

Islom taraqqiyot banki bilan esa, 2015 yilda 100 mln kredit ajratish bo'yicha kelishuv imzolangandi. Shundan 79,3 mln dollarlik mablag' Toshkent, Samarqand va Farg'ona viloyatlarida 2015 yil davomida 1,1 mingta uy qurilishi uchun yo'naltirilgan.

2016 yilda esa, 20,7 mln dollar evaziga Toshkent viloyati hududida 315 ta turar joy qurilishi belgilangan.

2016 yilda respublikaning 300 ta massivi va 151 ta qishloq hududlarida 13 mingta uy qurilishi uchun 2,45 trillion so'm yo'naltirilgan.

 2009-2015 yillar mobaynida 1167 ta hududda 56557 ta namunaviy uy qurilgan.

 



Aloqador xabarlar