Ozarbayjon-Armaniston chegarasida notinchlik...

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi:“Dushmanning chegaradagi tinch aholi punktlariga o'q uzishi va tinchlikka rahna soluvchi xatti-harakatlariga darhol qurol bilan qarshilik ko'rsatishimiz haqida ogohlantiramiz"

445422
Ozarbayjon-Armaniston chegarasida notinchlik...

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida vaziyat salbiy tus olib bormoqda.

Ozarbayjon Qurolli kuchlari Armaniston askarlarining tinchlikni buzuvchi xatti-harakatlarini to'xtatish maqsadida Armaniston tomonga o'q uzdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, arman askarlarning ohirgi paytlardagi tinchlikka rahna soluvchi harakatlariga javob sifatida, qolaversa buning takrorlanishini oldini olish maqsadida qarshi tomonga zarba berildi.

Ma'lumotga ko'ra, Ozarbayjon qo'shini Armanistonga tegishli harbiy vositalarni nishonga olgan.

Ozarbayjon qo'shinining havo hujumida Armaniston qo'shiniga katta zarba berilgan va ba'zi harbiy vositalar portlatilgan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi: “Dushmanning chegaradagi tinch aholi punktlariga o'q uzishi va tinchlikka rahna soluvchi xatti-harakatlariga darhol qurol bilan qarshilik ko'rsatishimiz haqida ogohlantiramiz. Aks holda, dushmanning Ag'dere, Magadis, Talish va boshqa chegaraga yaqin hududlarda joylashgan harbiy zonalarini yer bilan yakson qilamiz".


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Armaniston , #chegara , #mudofaa , #askar

Aloqador xabarlar