Prezident Erdog’an Prezident Berdimuhammedov bilan uchrashdi

Turkmaniston Respublilkasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ikki kun oldin, 6 avgust kuni Istanbulga tashrif buyurgan edi.

318430
Prezident Erdog’an Prezident Berdimuhammedov bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaga tashrif buyurgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan Istanbulda uchrashdi.

Tarabya ko’shkidagi uchrashuvda iqtisodiyot, energiya va madaniyat mavzulari bosh bo’lish bilan birga o’zaro munosabatlar qo’lga olindi.

O’zaro uchrashuv ortidan Erdog’an va Berdimuhammedov hay’atlararo uchrashuvlarga rahbarlik qildi.

Turkiya bilan Turkmaniston o’rtasidagi munosabatlarning kun tartibida o’rin olgan mavzular qo’lga olingan uchrashuvda Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Energiya va tabiiy manbalar vaziri Taner Yildiz va Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi ham ishtirok etdilar.

Erdog’an va Berdimuhammedov ham o’zaro uchrashuvlarda ham da hay’atlararo uchrashuvlarda ikki o’lka o’rtasdagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash mavzusida qarorli ekanliklarini ta’kidladi.

Erdog’an Turkmanstonda faoliyat yuritayotgan turk firmalariga ko’rsatilgan yaqin, samimiy, iliq muomala uchun minnatdorchilik bildirar ekan Berdimuhammedov ham 84-Xalqaro Izmir yarmarkasida hamkor mamlakat sifatida ishtirok etish haqida qaror qabul qilganliklarini tasdiqladi.

Ikki lider energya tarmog’ining ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning eng muhim tomoni ekanligiga e’tibor qaratdi.

Uchrashuv chog’ida madaniy munosabatlarning yana-da rivojlantirislishi haqida fikr almashildi.

Bu doirada Sulton Sanjar qabrining ta’mirlanishi va Sulton Alparslan qabrining qidirib topilishiga qaratilgan faoliyatlarning eng qisqa muddat ichida tamomlanishi haqidagi istaklar ham tilga olindi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar