Prezident Erdog’an davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga boradi

Prezident Erdog'an 1-Yevropa o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

299626
Prezident Erdog’an davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga boradi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an 1-Yevropa o’yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish maqsadida 12-iyun juma kuni Ozarbayjonga ketadi.

Prezident Erdog’an Ozarbayjonga hamkasbi Ilhom Aliyevning tashrifiga binoan borar ekan Aliyevdan tashqari marosimda ishtirok etadigan davlat rahbarlari bilan o’zaro uchrashuvlar o’tkazishi kutilmoqda.

Prezident uchrashuvlari ortidan 13-iyun shanba kuni Turkiyaga qaytadi.

Poytaxt Bokuda o’tkazilayotgan 1-Yevropa o’yinlari musobaqasida dunyoning 50 davlatidan, 20 sport tarmog’idagi qariyb 6 ming sportchi ishtirok etadi. Turkiya nomidan 19 sport tarmog’idagi 192 nafar sportchi ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar