Turk-qozoq do'stligining ramzi bo'lgan jome xizmatga tayyor...

Qozog’istonda barpo etilgan “Xoja Ahmad Yassaviy” nomidagi jome va madrasa 17 aprel kuni rasmiy ravishda xizmatga ochiladi.

234306
Turk-qozoq do'stligining ramzi bo'lgan jome xizmatga tayyor...

Turkiya tomonidan Qozog’istonda barpo etilgan jome va madrasa 17 aprel kuni ochiladi.
Xoja Ahmad Yassaviy” nomi bilan atalgan jomega tahminan 10 million 500 ming dollar mablag’ sarf qilindi.
2003 yili UNESCO tomonidan Dunyo me’ros ro’yhatiga olingan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi joylashgan hududga qurilgan jomening ochilishi ikki davlat rahbarlari tashrifi bilan amalga oshiriladi.
Mazkur jomeda 3 ming kishi ibodat qila oladi.
Turk va qozoq xalqlarining do’stlik ramzi bo’lgan ushbu jome klassik qozoq me’moriy tuzilishiga ega bo’lib, ayni paytda zamonaviy motivlar bilan bezatilgan.
Jome va madrasa turk-qozoq qardoshligini aks ettirib turadi.
O’rta Osiyo va Saljuqiylarga xos me’moriy tuzilishga ega bo’lgan va hududdagi tarixiy binolarga mosligi bilan ajralib turgan ko’rkamli jome va madrasa tarkibida kutubxona, oshxona, zallar, kafe, imom xonalari, madrasada tahsil olgan talabalar uchun mo’jazgina sinf xonalari, o’likxona, o’liklarni yuvish xonasi kabi ko’plab xizmat muassasalari o’rin olgan.
Qolaversa, Turkistonda joylashgan “Xoja Ahmad Yassaviy” nomidagi Xalqaro Turk-Qozoq Universiteti atrofiga Turkiyaning hissalari bilan quriladigan navbatdagi jomening poydevori ham 17 aprel kuni quriladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar