Yevropa Parlamenti qaroriga Janob Ero'g'li, norozichilik bildirdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Dervish Ero'g'li, norozichiligini yozma shakldagi bayonati orqali namoyish etdi.

243872
Yevropa Parlamenti qaroriga Janob Ero'g'li, norozichilik bildirdi

Yevropa Parlamenti, Turkiya haqida bir qaror qabul qildi. Ushbu qaror Turkiyani qoralashga qaratilgan bo’lib sababi Kiprda yo’qolgan shaxslar haqida ekanligi ma’lum bo’ldi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi esa bu qarorga norozichilik bildirdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Dervish Ero’g’li, ham atalgan qarorga ham bu qaror haqidagi matbuotda tarqatilgan xabarlarga qarshi norozichiligini namoyish etish sifatida yozma shaklda bayonot berdi.

Erog’lining ushbu bayonatiga ko’ra, Yevropa Parlamenti Umumiy Kengashining 2015-yil 12-fevral kuni o’tkazgan yig’ilishida qabul qilingan Kiprdagi yo’qolgan shaxslar va Turkiya Respublikasi bilan bog’liq qarori bilan bazi bir matbuotlarda tarqatilgan xabarlar jamoatchilik fikrini salbiy tomonga o’zgartiruvchi, asossiz, yo’naltirilgan va bir tomonli ma’lumotlar bo’lib hisoplanadi.

Prezident Ero’g’lining aytishicha Yevropa Parlamenti ushbu qarorni bir tomonli ko’z qarash bilan qabul qilgan. Chunki Yevropa Parlamenti ushbu qarorni qabul qilar ekan ko’pchiligi ayollardan, bolalardan va keksalardan iborat bo’lgan 126 nafar Kiprlik turk fuqaroning yunonlar tomonidan o’ldirilgan Muratag’a-Atlilar-Sandallar qatliomi bilan barchasi oddiy fuqaro bo’lgan Terazi-Tatlisu-Toshkent qatliomlariga hech to’xtalmagan. Shu bois bu kamchilik, qarorning subyektiv va jamoatchilik fikrini salbiy tomonga o’zgartiruvchi ekanligining ko’rsatkichidir.

Yo’qolgan shaxslar qo’mitasi ikki jamiyatli va Birlashgan Millatlar tomonidan tayin qilingan uchunchi a’zo bilan avtonom bir qo’mita olaroq ish olib boradi. Buni eslatgan Erog’li, qo’mitaning Oroldagi turk rahbariyati bilan bo’lgan aloqalarining judayam uyg’un va hamkorlik ichida davom etganligini qayd qildi.

Shuningdek, Ero’g’li, bazı qozish joylari haqidagi ishlarning davom etganligini ham eslatar ekan, bu tadqiqotlar natijalanishidan oldin Oroldagi turk harbiy organlarini ayblashning hato, nohaqlik va inson huquqiga qarshi muomala ekanligini takidladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar