Ozarbayjon-Armaniston Yuqori Qorabog' masalasi bo'yicha to'plandi

Armanlar Yuqori Qorabog’da chegaradan noqonuniy yo’llar bilan o’tishga uringani sababli 10 kun oldin boshlangan to’qnashuvlarda 18 Ozarbayjon askari bilan 5 Armaniston askari halok bo’ldi.

87093
Ozarbayjon-Armaniston Yuqori Qorabog' masalasi bo'yicha to'plandi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yuqori Qorabog’ masalasi bo’yicha Ozarbayjon va Armaniston Davlat rahbarlari bilan uchrashdi.
Bo’lib o’tgan yig’ilishda hukumatlar darajasida muzokaralarni davom ettirish to’g’risida qaror olindi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qilishicha, Ozarbayjon Prezidenti İlhom Aliyev bilan Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan masalani tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish niyatini tilga olgan.
Uchrashuv tomonlar uchun ijobiy o’tganini va muzokaralarni davom ettirish qarori olinganini tilga olgan Lavrov, “Lekin vaziyat hech kimga ayon emas. Eng muhim kamchiliklar hali hal qilinmadi”-dedi.
Putin: “Yaxshi niyat bilan har masalani hal qilsa bo’ladi, menimcha ikkala davlat xalqi ham yaxshi niyatga ega”-deya tomonlarni hamjihatlikka chaqirdi.
Ozarbayjon Prezidenti İlhom Aliyev BMT xavfsizlik kengashining Armaniston ishg’ol qilgan Ozarbayjon tuproqlaridan chiqib ketish masalasi bo’yicha xozirgacha 4 marta qaror olganiga e’tibor qaratib, “Afsuski, bu qarorlar bugungacha amalga oshmadi”-dedi.
Armanlar Yuqori Qorabog’da chegaradan noqonuniy yo’llar bilan o’tishga uringani sababli 10 kun oldin boshlangan to’qnashuvlarda 18 nafar Ozarbayjon askari bilan 5 nafar Armaniston askari halok bo’ldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar