Isroil harbiylari Suriyadan kelgan “noma’lum uchar obyekt”ni yo‘q qilganini ma’lum qildi

Armiya tomonidan qilingan yozma bayonotda, Suriyadan Isroil havo hududiga kirganligi aniqlangan “noma’lum uchuvchi jism”ning ortidan havo kuchlari havo kuzatuvi bo’limi tomonidan kuzatilgani bildirildi.

1968745
Isroil harbiylari Suriyadan kelgan “noma’lum uchar obyekt”ni yo‘q qilganini ma’lum qildi

 

Isroil harbiylari Suriyadan kelgan “noma’lum uchar obyekt”ni yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Armiya tomonidan qilingan yozma bayonotda, Suriyadan Isroil havo hududiga kirganligi aniqlangan “noma’lum uchuvchi jism”ning ortidan havo kuchlari havo kuzatuvi bo’limi tomonidan kuzatilgani bildirildi.

Bayonotda shundan so'ng jangovar samolyot va vertolyotlarga havoga ko'tarilish buyrug'i berilgani, uchar jismning ochiq maydonga tushirilgani qayd etildi.

Asad rejimi 31-mart kuni Damashqdagi ba’zi nuqtalar Isroil tomonidan nishonga olinganini e’lon qilgan edi.

Hujum oqibatida Inqilobiy gvardiya armiyasidan mayor Milad Haydari va kapitan Mikdad Mehkani hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kenaniyning aytishicha, uning mamlakati "tegishli vaqt va joyda javob berish huquqini o'zida saqlab qoladi". deb  bildirgan edi.



Aloqador xabarlar