Hindistonda yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi istirohat bog‘laridan birida yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi.

2144238
Hindistonda yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Gujarat shtatidagi istirohat bog‘ida yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi.

NDTV telekanali xabariga ko‘ra, kecha kechqurun Rajkot shahridagi istirohat bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan.

Rasmiylar yong‘inda 27 kishi, jumladan, 9 nafar yosh bola halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, eng yomoni, qurbonlar soni koʻpayishi mumkin.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi oʻzining «X» ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, mahalliy hukumat yongʻindan jabrlanganlarga yordam berayotgani va voqeadan chuqur qaygʻuda ekanini bildirdi.

Shtat Bosh vaziri Bhupendra Patel ham voqea ustidan tergov ishlari yuritilishi uchun maxsus guruh tayinlagani haqida ma’lumot boʻlishdi.

Politsiya istirohat bogʻi egasi qoʻlga olinganini ifoda etar ekan, rasmiylar qurbon boʻlgan har bir inson oilasiga alohida - alohida 12 ming 400 dollardan tovon puli toʻlanishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #Gujarat , #istirohat bog‘i

Aloqador xabarlar