Pashinyan, tarixiy Armanistonni izlash realistik Armanistonning barpo etilishiga to‘sqinlik qilgan

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan shu paytgacha Armanistonda “tarixiy Armaniston”ni izlash uning mamlakati rivojlanishiga va realistik Armanistonning barpo etilishiga to‘sqinlik qilganini aytdi.

2144051
Pashinyan, tarixiy Armanistonni izlash realistik Armanistonning barpo etilishiga to‘sqinlik qilgan

 

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan shu paytgacha Armanistonda “tarixiy Armaniston”ni izlash uning mamlakati rivojlanishiga va realistik Armanistonning barpo etilishiga to‘sqinlik qilganini aytdi.

Bosh vazir Pashinyan Armaniston hukumatining YouTube’dagi rasmiy sahifasida jamoatchilikka murojaat qildi.

Pashinyan, kechagi kungacha Tavush  hududdagi  3 ta qishloqda Ozarbayjon bilan chegarani aniqlash ishlari yakunlanganini bildirdi. Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Bir qishloqda ishlar davom etayotgani va bu jarayon 24-iyulgacha yakunlanishi kutilayotganini ta’kidladi.

Armaniston Bosh vaziri chegarani aniqlash ishlari uning mamlakati suvereniteti va xavfsizligining muhim elementlari ekanligini ta'kidladi.

Uning ta'kidlashicha, ularning faoliyati "haqiqiy Armaniston"ni ochib berish jarayonidir.

Pashinyan chegaralarni chizish va suveren va demokratik “haqiqiy Armaniston”ni yaratish milliy davlatning mafkurasi va qarashiga aylanishi kerakligini aytdi.

  Uning ta'kidlashicha, hozirgi Armaniston Respublikasidan tashqarida "tarixiy Armaniston" izlash hozirgacha realistik Armaniston haqidagi jamoatchilik g'oyalarini konkretlashtirish va rivojlantirishga to'sqinlik qilmoqda.

Pashinyan Armanistonda doimiy va muvaffaqiyatli kelajakni ta’minlash uchun “tinchlik dasturi” va “Armanistonning real strategik qarashlari”ga qaytish zarurligini ta’kidladi.

  Aks holda tinchlik bo'lmaydi, davlat rivojlanishining oldi olinib, uning mavjudligini saqlab bo'lmaydi, dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar