Isroil tuni boʻyi Gʻazo sektorining turli nuqtalariga qarshi hujum uyushtirdi

Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana koʻplab inson halok bo‘ldi

2144269
Isroil tuni boʻyi Gʻazo sektorining turli nuqtalariga qarshi hujum uyushtirdi

Xalqaro Adolat Sudining Rafoh shahriga qarshi uyushtirgan hujumlarni zudlik bilan toʻxtatish haqidagi qaroriga amal qilmagan Isroil, tuni boʻyi Gʻazo sektorining turli nuqtalariga qarshi harbiy samolyotlar va tanklar orqali hujum uyushtirdi.

Falastinning «WAFA» rasmiy axborot agentligi ma’lumotlariga koʻra, hujumlar natijasida koʻplab falastinlik qurbonlar va tan jarohati olganlar qayd etildi. Ular orasida yosh bolalar va ayollar ham bor.

Isroil harbiy samolyotlarining Rafoh shahrining shimolidagi Xirbet Ads hududidagi bir uyni bombalashi oqibatida falastinlik 6 kishi jon berdi. Ular orasida yana yosh bolalar bilan ayollar ham bor.

Rafohdagi «Yebna» qochqinlar lageri, «Kishta» mahallasi va «Halol bozor» minataqalari bilan Gʻazo sektoridagi «Nusayrat» va «Barij» qochqinlar lagerlari ham Isroil tomonidan nishonga olindi.

Isroil tomonidan Gʻazo sektoriga qarshi oʻtgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda falastinlik 35 ming 903 kishi halok boʻldi. Ular orasida kamida 15 ming 239 nafari yosh bola, 10 ming 93 nafari esa ayol kishidan iborat. Jon berganlardan tashqari 80 ming 420 kishi tan jarohati oldi

 

 

 



Aloqador xabarlar