Keniya davlati tarixida ilk marta xom neft eksport qila boshladi

Keniyada birinchi bor “Tullow Oil” kompaniyasi tomonidan 2012 yilda kashf qilingan xom neft zahirasi 750 mln barril neftni o'z ichiga olgan.

985195
Keniya davlati tarixida ilk marta xom neft eksport qila boshladi

Sharqiy Afrikada joylashgan Keniya davlati tarixida ilk marta xom neft eksport qila boshladi.

Davlat rahbari Uhuru Kenyatta avvalroq Turkana shtatida tantanali marosim bilan xom neft eksportiga start bergan edi.

Eksport qilingan xom neft tankerlar vositasida sohil portiga keltiriladi va bu yerdan xorij mamlakatlarga sotiladi.

“Bu Keniya uchun juda katta o’zgarish. Bugun amalga oshirilgan xom neft eksporti kelgusidagi uzun va unumli yo’lning boshlang’ichidir”,-dedi mamlakat prezidenti.

Hukumat mamlakat iqtisodiyotini yaxshilash maqsadida bundan keyingi jarayonda neft va gaz sektorini rivojlantirish bo’yicha faoliyatlarni kuchaytiradi.

Xom neft ishlab chiqarish Keniyaning boshqa davlatlar bilan bo’lgan iqtisodiy va savdo munosabatlarini yanada rivojlantiradi va mamlakatdagi investitsiya salohiyatini oshiradi.

Keniyaning o’ziga oid bo’lgan neft quvur liniyasi qurilguniga qadar, mamlakatning shimoli g’arbidagi Lokichar havzasidan qazib chiqariladigan kundalik 2000dan 4000 barrilgacha bo’lgan xom neft ilk bosqichda quruqlik yo’li orqali maxsus yuk transportlarida tashiladi.

Mamlakat sohilidagi Mombasa portiga yetkaziladigan neft u yerdan kemalar vositasida Xitoy va Hindiston kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Lokichar-Lamu hududida 2 mlrd dollar qiymatiga teng keladigan 890 km uzunlikdagi quvur liniyasi esa, 2021 yilning ikkinchi choragida tamomlanadi.

Bu liniyadan kunda 100000 barril neft eksport qilinishi kutilmoqda.

Keniyada birinchi bor “Tullow Oil” kompaniyasi tomonidan 2012 yilda kashf qilingan xom neft zahirasi 750 mln barril neftga ega ekanligi aytilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Keniya , #xom neft , #eksport

Aloqador xabarlar