Prezident Erdo'g'an, BAA Turkiyaga sarmoya kiritishga tayyorgarlik ko'rayotganini bildirdi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Turkiyaga sarmoya kiritishga tayyorgarlik ko'rayotganini bildirdi.

1693739

Erdog'an poytaxt Anqarada bo'lgan BAA milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Shayx Tahnun bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

Prezidentlik aloqa boshqarmasi bergan bayonotga ko'ra, uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar va mintaqaviy muammolar muhokama qilingan, BAAning Turkiyaga  kiritadigan sarmoyalari muhokama qilingan.

Keyinchalik Erdog'an o'zi ishtirok etgan teledasturda

"Ularning juda jiddiy sarmoyaviy maqsadlari va sarmoyaviy rejalari bor. Men ishonamanki, Birlashgan Arab Amirliklari juda qisqa vaqt ichida mamlakatimizga jiddiy sarmoyalar kiritadi" deb qayd etdi.

Aloqador xabarlar