Erdo'g'an Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchez bilan uchrashdi

Ispaniyada Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi.

2152665
Erdo'g'an Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchez bilan uchrashdi

 

Ispaniyada Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi.

Erdo'g'an mamlakat bosh vaziri Pedro Sanchez tomonidan kutib olindi.

Madriddagi Moncloa saroyida Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va bosh vazir Pedro Sanchez shohsupaga ko‘tarildi. Ispaniya va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

Erdo'g'an va Sanches qo'l berib ko'rishdi va matbuot uchun suratga tushdi. Marosimdan keyin Prezident Erdo'g'an va Bosh vazir Sanches o'zaro uchrashuv o'tkazdi.

Erdo'g'anga Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Goktash, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli va Savdo vaziri O‘mer Bolat hamrohlik qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ispaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar