Hakan Fidan bugun Shimoliy Makedoniyaga tashrif uyushtiradi

Hakan Fidan bugun Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan nomidan Janubi - sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etadi.

2152251
Hakan Fidan bugun Shimoliy Makedoniyaga tashrif uyushtiradi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Janubi - sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun bugun Shimoliy Makedoniyaga tashrif uyushtiradi.

Hakan Fidan sammitda Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan nomidan ishtirok etar ekan ayni vaqtda oʻzaro uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Janubi - sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni 1996 - yili boshlatildi.

Mushtarak faoliyat platforma xususiyatiga ega boʻlgan jarayonning davlat va hukumat rahbarlari sammiti har yili muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yilgi sammitda Bolqonlardagi barqarorlikni saqlash, hamkorlik imkoniyatlarini oshirish, mintaqaviy va global oʻzgarishlar bilan Isroilning Gʻazoni nishonga olgan qatliomi qoʻlga olinadi.

 



Aloqador xabarlar