Erdo'g’an Ispaniya Qiroli Felipe VI bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Turkiya-Ispaniya 8-Hukumatlararo sammitida ishtirok etish uchun Madridga tashrif buyurdi.

2152324
Erdo'g’an Ispaniya Qiroli Felipe VI bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Turkiya-Ispaniya 8-Hukumatlararo sammitida ishtirok etish uchun Madridga tashrif buyurdi.

Erdo'g'an tashrif chog'ida Ispaniya Qiroli Felipe VI bilan uchrashdi.

Zarzuela qirollik saroyida bo'lib o'tgan uchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Turkiya va Ispaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar, Isroilning G'azoda sodir etayotgan qirg'inlari, mintaqaviy va global o'zgarishlar muhokama qilindi.

Erdo'g'an Turkiya va Ispaniya o'rtasidagi munosabatlarning yanada rivojlanib, chuqurlashishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, o'zaro savdo hajmini kengaytirish, mudofaa sanoati sohasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalariga urg'u berdi.

Erdo'g'an Isroil boshqaruvining Falastin yerlarini ishg'ol qilish siyosatiga imkon qadar tezroq chek qo'yish kerakligini, Ispaniyaning bu borada tashlagan qadamlari va Falastinni qo'llab-quvvatlashi juda muhim ekanini ta'kidladi.

Prezidentning ta'kidlashicha, xalqaro hamjamiyat Isroilga nisbatan bosimni kuchaytirishi ularni mintaqada doimiy tinchlik o'rnatishga zamin yaratadi.

Erdo'g’an uchrashuvda qirol Felipeni Turkiyaga taklif qildi.

Qirol Felipe VI Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an sharafiga ziyofat berdi.


Tanlangan kalimalar: #Ispaniya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar